Му5
46

Diyora Usmonova nega Botir Rahimovni tanlagan? Ko`pchilikni qiziqtirgan savolga uning o`zi javob berdi (foto)

Jamiyat 05.11.2019, 00:31
2343
Diyora Usmonova nega Botir Rahimovni tanlagan? Ko`pchilikni qiziqtirgan savolga uning o`zi javob berdi (foto)

Diyora Usmonova bugungi turmush o`rtog`i Botir Rahimov va oilaviy hayoti haqida o`zining instagramdagi sahifasida yozib o`tdi...

Ma`lumot o`rnida, Diyora Usmonova – O`zbekistonning birinchi xonimi Ziroat Mirziyoevaning jiyani.

Diyora Usmonova:

— Biz ko`p narsani boshimizdan o`tkazdik. Masalan, men barcha prinsiplarim, qo`rquv, e`tiqod va qoidalarimni bosib o`tdim. O`zim qoralagan ko`p ishlarni qildim, albatta, men bizni qabul qila olmayotganlarni tushunaman. Boshqachasiga mumkin bo`lmagani uchun shunday qildim. Bir-birimizsiz yashashga kuch topa olmadik. Keyin esa bu taqdir ekanini tushundik va yurak amriga bo`ysunib, taqdirimizni qabul qildik.

Ma`lumot o`rnida:

Botir Rahimov va  Diyora Usmonova 2017 yilning 23 iyul kuni ular o`g`il farzandning ota onasi bo`lishgan. Oilaning erkatoy o`g`liga  Botir Rahimovning otasining ismi – Ikromjon qo`yishgan.

Uch yil avval Diyora to`ng`ich farzandi Maryamga atab “Bibiona Couture” bolalar liboslari brendiga asos solgan edi. Ayni vaqtda u moda sohasida faoliyat yuritib kelmoqda. Bolalar liboslarining eskizlarini o`zi va onasi chizadi. 

Botir Rahimov esa faoliyatini ham O`zbekiston, ham Turkiyada davom ettirmoqda. Bu orada bir vaqtlar unga tegishli bo`lgan “O`zbekiston” mehmonxonasi va “KapitalBank" banki sotuvga qo`yildi. Rahimov ko`p yillar Toshkentning “Paxtakor” futbol klubiga homiylik ham qilgan. 

 

Шарҳлар