Му5
46

TEZKOR: Toshkentda ota-ona 5 yoshli qizini daxshatli tarzda o`ldirib, uni yo`qolganligi haqida xabar berdi

Jinoyat 05.11.2019, 22:21
Теглар: Jinoyat, Qotillik, Toshkent shahar prokuratura, Bektemir tumani
2081
TEZKOR: Toshkentda ota-ona 5 yoshli qizini daxshatli tarzda o`ldirib, uni yo`qolganligi haqida xabar berdi

4 noyabr kuni fuqaro A.V. huquqni muhofaza qiluvchi organlarga murojaat qilib, 5 yoshli qizi D.K.ni Bektemir tumanida joylashgan “Compass” savdo majmuasida yo`qotib qo`yganligi haqida ma`lum qildi. Bu haqda Toshkent shahar prokuraturasi xabar berdi.

Toshkent shahar prokuraturasi hamda Ichki ishlar bosh boshqarmasi tomonidan tezkor-tergov guruhi tuzilib, qizchani topishga qaratilgan tadbirlarga zudlik bilan kirishildi. 

Tezkor-tergov guruhi tomonidan A.V. va uning shar`iy nikohdagi eri M.F.ning ko`rsatmalari shubha ostiga olinib, qidiruv tadbirlariga qaramasdan farzandi bir kun mobaynida topilmaganligi sababli, u qotillik jinoyati qurboni bo`lganligi tusmoli asosida darhol Jinoyat kodeksining 97-moddasi 1-qismi (qasddan odam o`ldirish) bilan jinoyat ishi qo`zg`atildi.

Olib borilgan tezkor-tergov harakatlari natijasida aniqlanishicha, 25.10.2019 yil kechasi soat 03:00 lar atrofida er-xotin Sergeli tumanida ijarada yashab kelgan xonadonda spirtli ichimlik iste`mol qilishib, farzandini urib, do`pposlab, qasddan o`ldirganlar. 

So`ngra sodir etilgan jinoyatlarini yashirish va jazodan qutulish maqsadida, murdani yo`qotish payiga tushganlar. Uni yo`l sumkasiga joylashtirib, shu kuni tongda Toshkent viloyati, Bo`stonliq tumanidagi ijaraga olingan dala xovliga olib borishgan. Murda o`choqda yoqilib, so`ng yonmay qolgan qoldiqlari qopga solinib, Chirchiq daryosiga tashlab yuborilgan.

Shundan keyin, ular huquqni muxofaza qiluvchi organlarni chalg`itish va asl holatni yashirish maqsadida, farzandi bedarak yo`qolib qolganligini “sahnalashtirganlar”. 

Hodisa sodir bo`lgan joyni ko`zdan kechirish davomida D.K.ning murda suyaklari topilib, ashyoviy dalil tariqasida olingan.

Jinoyat ishi bo`yicha A.V. va M.F.lar qasddan odam o`ldirishda gumon qilinuvchi tariqasida jalb qilinib, Jinoyat-prosessual kodeksining 

221-moddasi tartibida ushlandi. 

Tergov harakatlar davom ettirilmoqda, natijasiga ko`ra qo`shimcha ma`lumot berib boriladi.

Шарҳлар

Toshkentdagi 600 ga yaqin aholi uchun 4 km.ga ichimlik suvi quvuri yotqizilmoqda (video)

06.11.2019, 14:15

Toshkent shahri Bektemir tumanida 4 km.dan ko`proq toza ichimlik suvi quvuri yotqizilmoqda. Bu haqda Toshkent shahar hokimligi matbuot xizmati xabar qildi. Ma`lum qilinishicha, mazkur hududda yashovchilar ichimlik...
Buxoroda ichkuyov bo`lib yashagan 32 yoshli erkakning jasadi osilgan holda topildi

04.11.2019, 23:42

Buxoro viloyati Olot tumanida 5 yildan buyon ichkuyov bo`lib yashagan 32 yoshli N.U. o`z joniga qasd qildi. Buxoro viloyat prokuraturasi voqea tafsilotlarini Darakchi.uz'ga ma`lum qildi.N.U....
Samarqandda firibgarlik qilgan shahrisabzlik ayol qo`lga olindi

22.06.2018, 14:56

Samarqand viloyatida xonadonlarga kirib, firibgarlik bilan shug`ullanib yurgan ayol qo`lga olindi. Bu haqda O`zbekiston Respublikasi IIV Jamoatchilik va ommaviy axborot vositalari bilan aloqalar boshqarmasi xabar...
Andijonda yo`lovchi haydovchiga pichoq urdi

22.06.2018, 14:13

Andijon shahrida mashinada ketayotgan yo`lovchi haydovchi bilan janjallashib, unga pichoq urdi. Bu haqda O`zbekiston Respublikasi IIV Jamoatchilik va ommaviy axborot vositalari bilan aloqalar boshqarmasi xabar...