Му5
46

"Abu-Saxiy" bozorida yotib yurgan ayolning shaxsi aniqlandi (video)

Jamiyat 06.11.2019, 00:27
Теглар: Bozor, Abu-Saxiy
1147
"Abu-Saxiy" bozorida yotib yurgan ayolning shaxsi aniqlandi (video)

4 noyabrdan 5 noyabrga o`tar kechasi ijtimoiy tarmoqlarda poytaxtimizdagi “Abu-Saxiy” bozori atrofida uysiz qolgan keksa yoshdagi onaxon ko`chada yotib kun kechirayotgani haqida videoxabar tarqaldi. Mazkur videodagi ayol taqdiri O`zbekiston Xotin-qizlar qo`mitasi tomonidan o`rganildi. Qo`mita matbuot xizmati Xasan Toshxodjaev voqea tafsilotlarini bayon qildi:

“Toshkent shahar Xotin-qizlar qo`mitasi kotibiyat mudiri Malika Rasulovadan mazkur videoxabardagi voqeaning haqiqatga nechog`li mos ekanligini o`rganishini iltimos qildim.

Bugunning o`zidayoq Toshkent shahar Xotin-qizlar qo`mitasi taqdiri g`oyat chigal bu onaxon haqida aniqlangan barcha ma`lumotni qo`mita Matbuot xizmatiga taqdim etdi.

Ma`lum bo`lishicha, o`zini avvaliga Farg`ona viloyatidan, ismi-sharifini Shamsieva Klara Tajibaevna deb tanishtirgan, Farg`onada qarindoshlari, kattagina uchastkasi bor ekanligini aytgan bu ayol aslida Toshkent viloyatining Parkent tumanilik Tojiboeva Maxmuda Toshkanboevna ekan.

O`rganishlar shuni ko`rsatdiki, Tojiboeva Maxmuda Toshkanboevna 2019 yil 8 avgust kuni ham Chilonzor tumani ma`muriy sudining qaroriga binoan Toshkent shahar ichki ishlar bosh boshqarmasining Reabilitasiya markaziga joylashtirilgan, bu muddat tugagach esa, yana bozorlarda tilamchilik qilib, tunlari shu erlarda yotib yurgan ekan...

M.Tojiboeva darhol O`zbekiston Xotin-qizlar qo`mitasining Zo`rlik ishlatishdan jabr ko`rgan shaxslarni reabilitasiya qilish va moslashtirish hamda o`z joniga qasd qilishning oldini olish Respublika markazi qoshidagi Toshkent shahar reabilitasiya qilish va moslashtirish markaziga joylashtirildi. Bu erda ayol cho`miltirilib, unga yangi kiyim-bosh berildi, ovqatlantirildi, psixolog va tibbiyot xodimlari uning salomatligi borasida ish olib borishdi.

Bir necha soat davom etgan qidiruv ishlaridan so`ng ayolning yaqinlari topilib, ularga M.Tojiboevaning turgan joyi haqida ma`lum qilindi. Kechki soat 20lar atrofida anchadan buyon bozorlarda yotib yurgan bu ayol qarindosh-urug`lari bag`rida Parkent tumaniga kuzatib qo`yildi.

Kuyunchak yurtdoshlarimiz tufayli yana bir insonning hayoti yaxshilik tomonga o`zgardi, desak, aslo mubolag`a qilmaymiz. Shunday ekan, yon-atrofimizda yuz berayotgan voqealar hamda insonlar taqdiriga aslo befarq va loqayd bo`lmaylik!”

Шарҳлар

​“Chorsu”dagi do`konlardan birida o`g`irlik fosh etildi

11.07.2017, 11:20

2017 yilning 6 iyul kuni taxminan soat 16:30larda, muqaddam sudlangan Musaeva Zarifa Tursunqul qizi, o`zganing mol-mulkini yashirin ravishda talon-toroj qilish maqsadida, Shayxontohur tumanidagi “Chorsu” bozori...
​“Abu saxiy” bozori yaqinida “universal” o`g`irlik sodir etgan shaxs ushlandi

19.05.2017, 12:10

2017 yilning 14 may kuni Chilonzor tumanida joylashgan “Abu Saxiy” bozori yonida 1984 yilda tug`ilgan Zangiota tumani Bobur ko`chasi 1A uyda yashovchi fuqaro Safaev Shuhrat...
​Dehqon bozorlarga tutash hududlarda avtomobillarga mo`ljallangan avtoturargohlar barpo etiladi

29.03.2017, 10:37

Dastlabki hisob-kitoblarga ko`ra, 2017-2019 yillar davrida dehqon bozorlarini rekonstruksiya qilish va ularning hududida zamonaviy savdo majmualari qurish dasturini amalga oshirishga jami 746 milliard so`m, shundan...
​70 foiz bozorlarning moddiy-texnika bazasi savdoni tashkil etishning zamonaviy talablariga javob bermaydi

29.03.2017, 09:50

Keyingi 5 yilda Toshkent shahrida va hududlarda 17 ta dehqon bozori mukammal rekonstruksiya qilindi. Xususan, Toshkent shahridagi "Oloy" va "Mirobod" bozorlari to`liq buzib tashlandi va...