Му5
46

O`zbekistonda vaqtincha bo`lish qoidalarini buzganlik uchun jinoiy javobgarlikka tortilmaydi

Siyosat 06.11.2019, 17:01
378
O`zbekistonda vaqtincha bo`lish qoidalarini buzganlik uchun jinoiy javobgarlikka tortilmaydi

 “O`zbekiston Respublikasining ayrim qonun hujjatlariga o`zgartishlar kiritish to`g`risida”gi Qonun Prezident tomonidan imzolandi.

Qonunga muvofiq, chet el fuqarolarining va fuqaroligi bo`lmagan shaxslarning O`zbekistonda vaqtincha bo`lish qoidalarini buzganligi uchun javobgarligi liberallashtirilishi munosabati bilan Jinoyat, Jinoyat-prosessual hamda Ma`muriy javobgarlik to`g`risidagi kodekslarga tegishli o`zgartirishlar kiritildi.

Xususan, Jinoyat kodeksining O`zbekistonda bo`lish qoidalarini buzganlik uchun javobgarlikni nazarda tutuvchi moddasi chiqarib tashlandi.

Shuningdek, Ma`muriy javobgarlik to`g`risidagi kodeksga 18 yoshgacha bo`lgan, O`zbekistonda doimiy yashayotgan chet el fuqarosi va fuqaroligi bo`lmagan shaxs 16 yoshga to`lishi munosabati bilan yashash guvohnomasini o`z vaqtida olmaganligi uchun ma`muriy javobgarlikka tortilmasligini nazarda tutuvchi norma kiritildi.

 

Шарҳлар