Му5
46

Vitaliy Klichko davlatga xiyonat qilishda ayblandi

Dunyo 07.11.2019, 10:24
332
Vitaliy Klichko davlatga xiyonat qilishda ayblandi

Ukraina milliy aksilkorrupsiya byurosi Kiev meri Vitaliy Klichko va uning ikki o`rinbosariga qarshi davlatga xiyonat va pul o`g`irlash ayblovlari bo`yicha jinoiy ish qo`zg`atdi. Bu haqda RIA novosti nashri  “Ukrainskie novosti” axborot agentligi ma`lumotiga tayangan holda xabar berdi. 

 

Oldiniga Kiev shahar kengashi deputatlari Klichkoni Kievdagi Shulyav ko`prigini rekonstruksiya qilishda hokimiyatni suiiste`mol qilish va mablag`larni o`g`irlashda ayblashgan. Ta`kidlanishicha, deputatlar shikoyatida Klichko shahar ma`muriyati a`zolari va ko`prikni rekonstruksiya qilgan korxona mansabdor shaxslari bilan birga byudjet mablag`larini belgilangandan ko`proq miqdorda qo`llagan bo`lishi mumkinligi ma`lum qilingan.    

Bundan tashqari, deputatlar Klichkoni jismoniy shaxslarning poytaxt mablag`lari hisobiga noqonuniy boyishlarida ko`mak ko`rsatishda gumon qilishmoqda.

Deputatlarning fikricha, Klichkoning aybi bilan Kiev betartib qurilishlar, transport kollapsi, yomon ekologiya va eskirib qolgan uy-joy kommunal xo`jaligi tizimidan aziyat chekmoqda.

Шарҳлар