Му5
46

OAV: Xodievga jinoyat ishi kuzgatildi

Jamiyat 07.11.2019, 14:45
Теглар: Xodiev
710
OAV: Xodievga jinoyat ishi kuzgatildi

Xabaringiz bor, bir muddat avval TDIU rektori Bahodir Xodiev lavozimidan ozod etilgani haqida xabar bergan edik.

Mazkur chora Prezident maslahatchilari Sherzod Kudbiev va Abdujabbor Abduvohidov hamda DXX, prokuratura organlari vakillari boshchiligidagi OTMlarda korrupsiyaga chek qo`yish masalasi ko`tarilgan yig`ilishda amalga oshirilgan edi.

Ayni paytda bir qator OAVlarda Toshkent davlat iqtisodiet universiteti sobiq rektori Baxodir Xodievga nisbatan jinoiy ish ochilgani xabar qilindi. Unga ko`ra, oliy o`quv yurtida tekshiruv olib borilmoqda, kadrlar masalasi qayta ko`rib chiqilyapti.

darakchi.uz holatga aniqlik kiritish maqsadida Bosh prokuratura bilan bog`landi. Mas`ul organ ayni vaqtda bu borada rasmiy ma`lumot yo`qligini bildirdi.

Eslatib o`tamiz, ushbu yig`ilish ortidan Xushnud Xudoyberdiev “Narxoz” rektori Xodievni korrupsiyada ayblash noto`g`ri deganlarga javob qaytargan edi

Шарҳлар