Му5
46

Tojikiston IIV: chegara postiga hujum qilganlarning hammasi Tojikiston fuqarolari bo`lgan

Dunyo 07.11.2019, 16:18
Теглар: O`zbekiston, Hujum, Tojikiston, chegara
577
Tojikiston IIV: chegara postiga hujum qilganlarning hammasi Tojikiston fuqarolari bo`lgan

Tojikiston-O`zbekiston chegarasidagi Ishxobod chegara postiga hujum qilgan jangarilarning hammasi Tojikiston fuqarolari bo`lgan, deya xabar beradi Sputnik Tojikiston Ichki ishlar vazirligi matbuot kotibiga tayangan holda.

“Hozirda Bosh prokuratura ushbu ish yuzasidan tergov olib bormoqda. Guruh a`zolarining shaxsi kun oxirigacha to`liq tasdiqlanadi”, — deya qo`shimcha qildi u.

Shuningdek u o`ldirilgan va hibsga olinganlar orasida bir necha ayol borligini tasdiqladi.

Maxsus xizmatlarining barcha harbiy bo`linmalari 50% yuqori darajada tayyor ekanligini qayd etildi.

Eslatib o`tamiz, 6 noyabrga o`tar kechasi 20 niqobli jangarilardan iborat qurollangan guruh Dushanbedan 60 km g`arbda joylashgan 4-son Ishqobod chegara posti xodimlariga hujum qilishgan.

Otishma paytida ulardan 15 nafari yo`q qilingan, besh kishi qo`lga olingan. Amaliyot davomida ikki nafar tojik harbiylari halok bo`ldi.

Tojikiston Milliy xavfsizlik davlat qo`mitasi ma`lumotlariga ko`ra, hujum qilganlarning hammasi IShID saflaridan ekanligi ma`lum bo`lgan.

Ular Tojikistonga 3 noyabr kuni Xatlon viloyati orqali Afg`onistondan kirib kelishgan. Keyin avtomobillarda Rudakiygacha 200 km dan oshiq masofani bosib o`tgan.



 

Шарҳлар

Doim yuksakda bo`l yurtim bayrog`i (video)

18.11.2019, 10:37

Bugun O`zbekiston Respublikasi Davlat bayrog`i qabul qilinganiga 28 yil to`ldi. Ushbu sana bu yil o`zgacha ruhda tashkil etilmoqda, davlat ramziga bo`lgan ehtirom yuksaklashdi. Xususan, quyidagi...
Tojikistonda un narxi oshdi

18.11.2019, 09:16

Ikki hafta ichida Tojikistonda standart 50 kg qop unining narxi 200 somoniydan (195 700 so`m) 220 somoniygacha (215 250 so`m) ko`tarildi. Bu haqda regnum.ru’ga tayanib...
DXX chegarani buzib o`tayotganlarni qo`lga oldi

15.11.2019, 17:40

O`zbekiston Respublikasi DXX Chegara qo`shinlari harbiy xizmatchilari tomonidan mahalliy aholi bilan hamkorlikda Farg`ona viloyati Quvasoy shahridagi Gorgaz mahallasida Qirg`iziston Respublikasidan O`zbekiston Respublikasi hududiga tovar moddiy...
O`zbekistonga viza olish uchun Turkmanistonda yuzlab odamlar navbat kutmoqda

15.11.2019, 17:15

O`zbekistonning Ashxoboddagi elchixonasida sayyohlik vizasini olish uchun yuzlab odamlar navbatda turibdi. Bu haqda Türkmen.news xabar berdi.Nashrning xabar berishicha, erta tongdan elchixona yonida 250dan ortiq odam...