Му5
46

Sergelida «xizmat iti» adashmadi

Jinoyat 07.11.2019, 17:52
Теглар: Sergeli, xizmat iti
271
Sergelida «xizmat iti» adashmadi

Narkotik vositalari va psixotrop moddalar saqlanganligi fakti bilan yana bir jinoiy ish qo`zg`atildi. Bu haqida Toshkent shahar IIBB matbuot xizmati xabar qilmoqda.

2-noyabr kuni taxminan soat 18.00 da Sergeli tumanidagi YPX postida YHXB YPX xodimlari, kinologiya xizmati va Toshkent shahar IIBB PPX xodimlari hamkorligida olib borilgan tadbirlar davomida 39 yoshli Baxtiyor S.ga tegishli bo`lgan “Damas” rusumli avtomobil to`xtatildi. Tekshiruv davomida xizmat iti 29 yoshli yo`lovchi Marat M.da narkotik vositalari borligini sezdi. Gumonlanuvchi tekshirilganda uning yonidan marixuana, 8 ta “Regapan” tabletkasi va 2 flakon “Tropikamid” topildi. Ushbu fakt asosida Sergeli tumani IIO FMB qoshidagi tergov bo`limi tomonidan O`zbekiston Respublikasi Jinoyat kodeksining 276-moddasi (“Giyohvandlik vositalari, ularning analoglari yoki psixotrop moddalarni o`tkazish maqsadini ko`zlamay qonunga xilof ravishda tayyorlash, egallash, saqlash va boshqa harakatlar”) bo`yicha jinoiy ish qo`zg`atildi.

Шарҳлар

“Sergeli kichik sanoat zonasi” hududida ob`ektlarda kuchli yong`in sodir bo`ldi

11.11.2019, 10:26

Toshkent shahar Sergeli tumani 2-dahasida joylashgan “Sergeli kichik sanoat zonasi” hududida yong`in sodir bo`lgan.2019 yilning 8 noyabr kuni soat 17:52da kelib tushgan xabar asosida voqea joyiga...
Internetda tarqalgan Sergelidagi YTHga oydinlik kiritildi

04.11.2019, 17:12

 Internet tarmog`ida 1 noyabr kuni sodir bo`lgan yo`l-transport hodisasi tushirilgan video tarqaldi. Ushbu hodisaga Toshkent shahar Ichki ishlar bosh boshqarmasi oydinlik kiritdi.Ma`lum qilinishicha, ushbu hodisa...