Му5
46

Eronda kuchli zilzila oqibatida odamlar qurbon bo`ldi

Dunyo 08.11.2019, 09:23
263
Eronda kuchli zilzila oqibatida odamlar qurbon bo`ldi

Eronda 8 noyabrga o`tar kechasi 5,9 magnitudali zilzila va bir nechta aftershok yuz bergani qayd etildi.  

Zilzila Sharqiy Ozarboyjon viloyatida 60 km chuqurlikda qayd qilingan. Ta`kidlanishicha, birinchi zilziladan keyin 4,1 dan 4,8 gacha magnitudali bir nechta aftershok yuz bergan.

Tabiiy ofat oqibatida 4 kishi halok bo`lgan, 70 dan ko`proq kishi jabrlangan.

Mutasaddi idoralarning ma`lum qilishicha, voqea joyiga 8 ta qutqaruv jamoasi jo`natilgan.

Шарҳлар