Му5
46

Erdo`g`an al-Bag`dodiyning bolasi qo`lga olinganini ma`lum qildi

Dunyo 08.11.2019, 13:19
345
Erdo`g`an al-Bag`dodiyning bolasi qo`lga olinganini ma`lum qildi

Ilgari Turkiya prezidenti al-Bag`dodiyning xotini, opasining oilasi qo`lga olingani haqida xabar berilgan edi. Bu haqda TASS nashri yozdi.

Kecha Radjab Toyib Erdo`g`an "Islom davlati" terrorchilik guruhi etakchisi Abu Bakr al-Bag`dodiyning bolasi Turkiya xavfsizlik xizmati tomonidan qo`lga olinganini ma`lum qildi. 

"O`tkazilgan DNK testi natijasida u haqiqatan ham al-Bag`dodiyning bolasi ekanligi tasdiqlandi. Turkiyada qo`lgan olingan al-Bag`dodiyning barcha yaqin qarindoshlari Turkiya deportasiya markazida saqlanmoqda. Adliya vazirligi ularga tegishli masala yuzasidan barcha zaruriy choralarni ko`radi", – deya ta`kidladi Erdo`g`an.

 

Шарҳлар