Му5
46

O`zbekistonlik va tojikistonliklar xitoyliklarga nisbatan bosqinchilik qilishdi

Jinoyat 08.11.2019, 13:36
Теглар: O`zbekiston, Rossiya, Xitoy, Tojikiston, bosqinchilik
463
O`zbekistonlik va tojikistonliklar xitoyliklarga nisbatan bosqinchilik qilishdi

Rossiyada Xitoyliklarga nisbatan bosqinchilik qilgan to`rt nafar O`zbekiston va Tojikiston fuqarolariga sud hukmi o`qildi. Bu haqda Chelyabinsk viloyati prokuraturasi ma`lum qilgan.

Ular Rossiya federasiyasi Jinoyat kodeksining 162-moddasida (Bir guruh shaxslar tomonidan qurol sifatida ishlatiladigan narsalardan foydalanib, uy-joyga noqonuniy bostirib kirish) nazarda tutilgan jinoyatlarni sodir etishda aybdor deb topilgan.

Bundan tashqari, ularning jinoiy sheriklaridan biri Rossiya federasiyasi Jinoyat kodeksining 166-moddasi (Hayot yoki sog`liq uchun xavfli zo`ravonlik tahdidi bilan sodir etilgan o`g`rilik) bo`yicha hukm qilingan.

Qayd etilishicha, jinoiy sheriklar 2018 yilning oktyabr oyida Kaslinskiy tumanida joylashgan issiqxona majmuasi hududidagi Xitoy fuqarolari yashaydigan turar joyga bostirib kirgan hamda zo`rlik ishlatib umumiy qiymati 178 500 rublga teng (2800 dollar) mol-mulkni o`g`irlagan.

Bir necha kun o`tgach, ular boshqa issiqxona majmuasiga kelgan hamda noqonuniy ravishda uyga kirib, kuch ishlatib Xitoyning ikki fuqarosiga hujum qilib, umumiy qiymati 490 500 rubl (7700 dollar ) miqdoridagi mol-mulk va pulni o`g`irlab ketgan.

Hodisa joyidan yashirinish maqsadida jinoyat ishtirokchilaridan biri issiqxona majmuasi hududida turgan VAZ-21213 (Niva) avtomobilini haydab qochgan.

Sud aybdorlarga nisbatan 8 va 9 yilgasha ozodlikdan mahrum etish jazosini tayinladi. Ular jazoni qat`iy rejimdagi axloq tuzatish koloniyalarida o`tashi belgilandi.

Bundan tashqari, sud jabrlanuvchilarning jinoyat natijasida etkazilgan moddiy zararni mahkumlardan undirish haqidagi da`volarini qanoatlantirdi.

Шарҳлар

Doim yuksakda bo`l yurtim bayrog`i (video)

18.11.2019, 10:37

Bugun O`zbekiston Respublikasi Davlat bayrog`i qabul qilinganiga 28 yil to`ldi. Ushbu sana bu yil o`zgacha ruhda tashkil etilmoqda, davlat ramziga bo`lgan ehtirom yuksaklashdi. Xususan, quyidagi...
Tojikistonda un narxi oshdi

18.11.2019, 09:16

Ikki hafta ichida Tojikistonda standart 50 kg qop unining narxi 200 somoniydan (195 700 so`m) 220 somoniygacha (215 250 so`m) ko`tarildi. Bu haqda regnum.ru’ga tayanib...
O`zbekistonga viza olish uchun Turkmanistonda yuzlab odamlar navbat kutmoqda

15.11.2019, 17:15

O`zbekistonning Ashxoboddagi elchixonasida sayyohlik vizasini olish uchun yuzlab odamlar navbatda turibdi. Bu haqda Türkmen.news xabar berdi.Nashrning xabar berishicha, erta tongdan elchixona yonida 250dan ortiq odam...
“Lukoyl” kompaniyasi xodimining Jarquduqdagi harakatlariga izoh berdi

14.11.2019, 15:52

«Lukoyl Uzbekistan Opereyting Kompani» matbuot xizmati kompaniyaning xodimi uning so`zlariga ko`ra, yo`riqnomalarga rioya qilmaydigan va ularni buzadigan ishchilardan noroziligini odobsiz shaklda bildirganligi aks etgan videoga...