Му5
46

Hujjatdan "tushib qolgan" 54 ming dona tuxum aniqlandi

Jinoyat 08.11.2019, 15:02
199
Hujjatdan "tushib qolgan" 54 ming dona tuxum aniqlandi

Bugungi kunda davlatimiz tomonidan eksportga keng imkoniyatlar va qulay shart sharoitlar yaratib berilmoqda. Biroq mazkur imkoniyatlarni suiiste`mol kilish holatlari ham afsuski kuzatilmoqda.

Jumladan, eksport maqsadida mamlakatimizdan qo`shni davlatga yo`l olgan fuqaro P.B. boshqaruvidagi yuk avtomashinasi “Ayritom” chegara bojxona postida belgilangan tartibda bojxona nazoratidan o`tkazildi. Bu haqda Davlat bojxona qo`mitasi axborot xizmati xabar bermoqda

Natijada, avtomashinada yuk kuzatuv hujjatlarida ko`rsatilganidan ortiqcha umumiy qiymati 32,4 million so`mlik 54 ming donatuxumlar borligi aniqlandi.

Hozirda mazkur holat yuzasidan bojxona organlari tomonidan surishtiruv harakatlari davom ettirilmoqda.

 

 

Шарҳлар