Му5
46

Berkitilgan 50 million so`mlik mikrofleshkalar “ko`rinib qoldi”

Jinoyat 08.11.2019, 15:11
243
Berkitilgan 50 million so`mlik mikrofleshkalar “ko`rinib qoldi”

Tovar-moddiy boyliklarni noqonuniy ravishda yurtimizga olib kirishga urinish bilan bog`liq navbatdagi  qonunbuzarlik holati bojxona xodimlari tomonidan fosh etildi.

Jumladan, Surxondaryo viloyati bojxona boshqarmasi “Ayritom” chegara bojxona postiga qo`shni davlatdan kirib kelgan S.M. ismli shaxs belgilangan tartibda bojxona nazoratidan o`tkazildi. Bu haqda Davlat bojxona qo`mitasi axborot xizmati xabar bermoqda

Natijada, mazkur shaxs kiyimining cho`ntaklari ichidan deklarasiyalanmagan va og`zaki so`rovda ma`lum qilinmagan, yashirincha olib kirilayotgan salkam 50 million so`mlik turli hajmlardagi jami 699 dona “Micro SD”nomli mikrofleshkartalar borligi aniqlandi.

Hozirda mazkur holat yuzasidan bojxona organlari tomonidan surishtiruv ishlari olib borilmoqda.

 

Шарҳлар