Му5
46

Rossiya Latviyadan Alisher Usmonovga tuhmat qilayotgan jurnalistni topshirishni so`radi

Dunyo 08.11.2019, 15:26
Теглар: Rossiya, Alisher Usmonov
370
Rossiya Latviyadan Alisher Usmonovga tuhmat qilayotgan jurnalistni topshirishni so`radi

Rossiyalik tergovchilar “Rosbalt” nashri jurnalisti Aleksandr Shvaryovni qidiruvga berish va hibsga olish to`g`risidagi hujjatlarni Interpolga tayyorlashdi. Jurnalist tuhmat va 3 million rubl ta`magirlikda ayblanmoqda. Bu haqda “Interfaks” nashri xabar bergan.

Ma`lum bo`lishicha, ayni vaqtda Shvaryov Latviya poytaxti Rigada davolanmoqda.  

“Ayni vaqtda tergov tomonidan Shvaryovni xalqaro, jumladan Latviya hududida qidiruvga berish va uni hibsga olish bo`yicha chora ko`rish to`g`risida qaror chiqarilgan. Yaqin orada hujjatlar Interpolga yuboriladi”, — deyiladi xabarda.

Uning ta`kidlashicha, Rossiya huquq-tartibot idoralari shuningdek latviyalik hamkasblariga jurnalistni hibsga olish va uni Rossiyaga ekstradisiya qilish haqida so`rov yuborishni rejalashtirmoqda.  

Bundan avvalroq polisiya Shvaryovga rossiyalik milliarder Alisher Usmonovga tuhmat qilish hamda qozog`istonlik tadbirkor, “Fincraft Resources” xoldingi direktorlar kengashi raisi Kenes Rakishevdan 3 mln rubldan ko`proq (50 ming dollar) pul talab qilish ayblovlarini qo`ygan. Birinchi ayblov bo`yicha jurnalistga 5 mln rubllik jarima solinishi yoki 480 soatgacha majburiy ishlar belgilanishi, ikkinchi ayblov bo`yicha esa 15 yillik qamoq jazosi tayinlanishi mumkin.

Tergovga ko`ra, Shvaryov Alisher Abdullaev ismli shaxs (u ham xalqaro qidiruvga berilgan) bilan birga 2018 yil iyulidan oktyabrigacha bir necha saytlarda go`yoki Usmonovning og`ir jinoyatlarga aloqadorligi haqida yolg`on axborotni joylashtirgan. Polisiyaning o`rnatishicha, bu ma`lumotlar haqiqatga mos emas va yolg`on, sha`nga dog` tushiruvchi hamda tadbirkorning obro`siga putur etkazuvchi va unga ma`naviy zarar etkazuvchi hisoblanadi.    

Bundan tashqari, Shvaryov Abdullaev va yana bir necha kishi bilan birga turli saytlarda qozog`istonlik tadbirkor Rakishevni firibgarlikda, jinoiy guruhlar bilan aloqadorlikda va boshqa jinoyatlarda ayblab, u haqida obro`sizlantiruvchi axborot joylashtirgan. Ular tadbirkor vakillarining bu ma`lumotlarni o`chirib tashlash haqidagi iltimosini bajarish uchun 50 ming dollar talab qilishgan, aks holda tadbirkor haqida yolg`on axborot tarqatishni davom ettirish bilan tahdid qilishgan.

Shvaryovning advokati ayblovni yasama deb hisoblashini, jurnalistning jinoiy ta`qib qilinishini esa buyurtma asosida amalga oshirilayotganini aytgan.

“Ayblov mutlaq konkretlashtirilmagan, yasama va asosga ega emas, virtual ayblov deb aytish mumkin”, deb aytgan advokat.

Uning ta`kidlashicha, jurnalist o`ziga qo`yilayotgan ayblovlarni tan olmayapti.

Moskvaning Tver sudi 11 noyabrda Shvarevning sirtdan hibsga olinishi haqidagi da`vo arizasini ko`rib chiqadi.

Шарҳлар

Rossiyada kollejda otishma uyushtirgan talaba o`z joniga qasd qildi (video)

14.11.2019, 11:08

Rossiyada Amur qurilish va uy-joy kommunal kolleji talabasi (Blagoveshensk) o`quv muassasasida otishma uyushtirdi.Dastlabki ma`lumotlarga ko`ra, yigit uning nomiga ro`yxatga olingan «Ij-81» ov miltig`ini olib kirgan....
60 mingdan ortiq buxorolik Moskvada vaqtinchalik mehnat qilmoqda

12.11.2019, 22:54

Hozirda Moskva viloyati va shahrida 60 mingdan ortiq buxorolik mehnat migrantlari vaqtinchalik mehnat faoliyatini amalga oshirmoqda. Bu haqda Buxoro viloyatida O`zbekiston va Rossiya Hukumatlari hamkorligida...
Rossiyada 25 yashar o`zbekistonlik yigit nogiron qizni zo`rladi

11.11.2019, 18:07

 Sankt-Peterburgda taksi chaqirgan nogiron qiz zo`rlangan. Bu haqda «Fontanka»ga tayanib ma`lum qilinmoqda.Ma`lumotga ko`ra, 28 yoshli nogironlar aravachasiga mixlangan qiz 10 noyabr kuni polisiyaga murojaat qilgan....
O`zbekistonlik va tojikistonliklar xitoyliklarga nisbatan bosqinchilik qilishdi

08.11.2019, 13:36

Rossiyada Xitoyliklarga nisbatan bosqinchilik qilgan to`rt nafar O`zbekiston va Tojikiston fuqarolariga sud hukmi o`qildi. Bu haqda Chelyabinsk viloyati prokuraturasi ma`lum qilgan.Ular Rossiya federasiyasi Jinoyat kodeksining...