Му5
46

Akusherlik va ginekologiya markazidagi kirdikorlar fosh etildi

Jinoyat 08.11.2019, 17:12
836
Akusherlik va ginekologiya markazidagi kirdikorlar fosh etildi

Bosh prokuratura huzuridagi Iqtisodiy jinoyatlarga qarshi kurashish departamenti tomonidan “Respublika ixtisoslashtirilgan akusherlik va ginekologiya ilmiy-amaliy tibbiyot markazi”da tergovga qadar tekshiruv o`tkazildi.

Aniqlanishicha markazning mansabdor va moddiy javobgar shaxslari, “Davr bank”ning Yunusobod filiali, “Ipak yo`li” bankining Mirzo Ulug`bekfiliali xodimlari hamda “T.S”, “S.F” MChJlari mansabdor shaxslari, “X.U” va “S.P.” xususiy korxonalari rahbarlari noqonuniy daromad orttirish maqsadida oldindan jinoiy til biriktirib, 2018  va joriy yilning o`tgan davrida markazning jami 15,3 mlrd. so`m pul mablag`larini talon-toroj  qilganliklari  aniqlandi.

Hozirda “Respublika ixtisoslashtirilgan akusherlik vaginekologiya ilmiy-amaliy  tibbiyot markazi” mansabdor shaxslari va boshqalarga nisbatan JKning tegishli moddalari  bilanjinoyat  ishi  qo`zg`atilib,tergov  harakatlari olib  borilmoqda.

Шарҳлар