Му5
46

Namanganda avtomashina olib qochgan mast erkak YTHga uchrab vafot etdi

Jamiyat 08.11.2019, 17:54
Теглар: YTH
259
Namanganda avtomashina olib qochgan mast erkak YTHga uchrab vafot etdi

 

Namanganda qarovsiz qoldirgan mashina mast fuqaro tomonidan olib qochildi, bu haqda IIV huzuridagi Tergov departamenti ma`lum qildi.

7 noyabr kuni soat taxminan 00:35 da, 23 yoshli fuqaro N.A, mast holatda bo`la turib, o`zining tanishlari 24-yoshli U.K. va 23 yoshli R.T.lar bilan birgalikda Namangan shahar Porloq mahalasida qarovsiz qoldirilgan fuqaro A.Tga tegishli bo`lgan «VAZ-21013» rusumli avtomashinani olib qochgan.

U Pungon-Namangan yo`lining 68 kilometirida, boshqaruvni yo`qotib yo`lning o`ng tomonidagi daraxtga urilgan.

YTH oqibatida, avtomashinani boshqarib kelgan N.A. hodisa joyida vafot etgan, sheriklari esa yashiringan.

Mazkur holat yuzasidan Namangan shahar IIB huzuridagi Tergov bo`limi tomonidan O`zbekiston Respublikasi Jinoyat kodeksining 267-moddasi 2-qismi «b» bandi (bir guruh shaxslar tomonidan oldindan til biriktirib transport vositasini olib qochish) bilan jinoyat ishi qo`zg`atilgan.

Hozirda jinoyat ishi bo`yicha dastlabki tergov jarayonida barcha holatlar o`rganilmoqda.

Eslatib o`tamiz, sal avval Quyichirchiq tumanida 2 ta “ISUZU” avtobusi halokatga uchragani xabar qilingan edi.

Шарҳлар

O`smirning velosipedda avtomobil yo`liga chiqib ketishi YTHga olib keldi

18.11.2019, 15:41

Toshkent shahar IIBB o`tgan oyda yo`l qoidasini buzish hisobiga sodir bo`lgan YTH haqida ma`lum qildi. 12-oktyabr kuni soat 21.00 da Mirobod tumanidagi I. Karimov ko`chasida “Matiz”...
Farg`onada “Kamaz” qarama-qarshi yo`ldagi “Neksiya”ga borib urildi. Qurbonlar bor

15.11.2019, 13:55

Farg`ona viloyatida yuk mashinasi bilan bog`liq mudhish YTH sodir bo`ldi. Bu haqda darakchi.uz’ga Bosh prokuratura Matbuot xizmati rahbari Hayot Shamsutdinov ma`lum qildi.Aniqlanishicha, Kecha, 14 noyabr...
Toshkentda haydovchi tezlikni oshirgani sabab beton to`siqqa borib urildi

13.11.2019, 15:06

Toshkentda belgilangan tezlik oshirilishi natijasida  YTH sodir bo`ldi. Bu haqda Toshkent shahar IIBB ma`lum qildi.Aniqlanishicha, 10-oktyabr kuni taxminan soat 17.30 da Mirzo-Ulug`bek tumani T. Malik...
Yunusobod tumanida sodir bo`lgan YTHda “Matiz” 64 yoshli piyodani urib yubordi (video)

07.11.2019, 16:45

Toshkent shahar Ichki ishlar bosh boshqarmasi YTH haqida ma`lumot berdi. Bugun internet tarmog`ida piyoda ishtirokidagi YTH aks etgan video tarqaldi. Mazkur fakt bo`yicha shuni ma`lum qilamizki,...