Му5
46

Maktab qishga shaymasligi yolg`onmidi?

Jamiyat 08.11.2019, 18:06
196
Maktab qishga shaymasligi yolg`onmidi?

Surxondaryo viloyati xalq ta`limi boshqarmasi Facebook ijtimoiy tarmog`ida Fuqaro Ostonaqulova Dastagul Ravshanovna  tomonidan  “Men to`g`ri shifokorman ammo bugungi holatga ko`z yumib keta olmadim” mavzusida yoritilgan maqolada keltirilgan holatlarni o`rganganini ma`lum qilmoqda

O`rganish jarayonida quyidagilar aniqlandi. Sariosiyo tumanidagi 4-sonli umumta`lim maktabi 1974-yilda qurib  foydalanishga topshirilgan va 2007-yil kapital ta`mirlangan. Quvvati 660 o`rinli bo`lib, o`quvchi soni 918 nafarni tashkil etadi. Maktabda ta`lim 2 navbatda tashkil etilgan. 2019-yil iyun oyida “Obod markaz” dasturi asosida kapital ta`mirlash rejalashtirilgan. Kapital ta`mir qiymati  3 952 000 000 so`m bo`lib, shundan hozirgi kungacha 37 % mablag` moliyalashtirilgan.  Pudratchi tashkilot  “Halol Mehnat-Go`zal Piramida” MChJ tomonidan  shu kunga qadar 56% ta`mirlash ishlari bajarilgan.  

2019-2020 o`quv yili  boshida maktabda mavjud 34 o`quv xonasining  26 tasi  o`quv jarayoniga tayyorlangan va mavjud  sharoitdan kelib chiqqan holda ichki ta`mir davom etayotgan 8 ta xonaga o`quvchilar o`tish yo`llari berkitilib  o`quv jarayoni olib borilmoqda. Hozirda ta`mirlash yakuniga etkazilmagan 8 ta o`quv xonasida ta`mirlash ishlari olib borilmoqda. Maqolada aynan shu xonalar va qurilish chiqindilari ko`rsatilgan.  Elektr ta`miri tugatilmaganligi sababli  ushbu qism elektr tarmog`idan uzilgan. Qurilishi tugamagan o`quv xonalariga o`quvchilar harakatlanmaydi.  

Maqola muallifi ta`lim muassasasi hududiga qo`shimcha eshikdan hech qanday ruxsatsiz shaxsini tanishtirmasdan kirib borgan va maqola tayyorlangan. Maqolada muallif tomonidan maktab binosi kuz-qish mavsumiga tayyor emasligi, isitish pechlari haligacha o`rnatilmaganligi aytilgan. Kapital ta`mir boshlangunga qadar maktabda 7 dona individual harakat pechlari mavjud bo`lgan bo`lib, loyihaga asosan markazlashtirilgan modul pech qo`yilishi ko`zda tutilgan. Pudratchi tashkilot tomonidan individual pechlar o`rniga markazlashgan pechga quvurlar tortib binoning ichki qismiga isitish batareyalari o`rnatilgan. Gaz va ko`mirga moslashtirilgan modul pechga buyurtma berilib avans (bo`nak) to`langan. Maktabga 20 tonna ko`mir etkazib berilgan va o`rnatilgan tartibda saqlanmoqda. Mablag` masalasi to`liq echilishi bilan modul pechlar o`rnatiladi.  

Maqola muallifi tomonidan qurilish uchun ajratilgan mablag`lar to`liq etib kelgani va maqsadli sarflanmayotganligi haqida aytib o`tilgan. Aslida esa 37% mablag` ta`minlanib 56% ish bajarilgan.

Ushbu bilan Sariosiyo tumunidagi 4-sonli umumta`lim maktabida olib borilayotgan qurilish ta`mirlash ishlari nazoratda ekanligi va ta`mirlash ishlarining tez fursatda yakuniga etkazilishi bo`yicha barcha tegishli choralar ko`rilganini ma`lum qilinmoqda.

Шарҳлар