Му5
46

Adliya vazirligi xodimi Prezident Administrasiyasida mas`ul lavozimga tayinlandi

Jamiyat 09.11.2019, 10:23
121
Adliya vazirligi xodimi Prezident Administrasiyasida mas`ul lavozimga tayinlandi

Mahmudov Zikirilla Abbosovich Prezident farmoyishiga asosan O`zbekiston Respublikasi Prezidenti Administrasiyasi sho``ba mudiri lavozimiga tayinlandi.

Z. Mahmudov 1983 yilda Qashqadaryo viloyatida tug`ilgan, ma`lumoti oliy, 2006 yilda Toshkent islom universitetini, 2010 yilda O`zbekiston milliy universitetini tamomlagan, mutaxassisligi huquqshunos. 

Z. Mahmudov o`z mehnat faoliyatini 2006 yilda Adliya vazirligi Jamoat, nodavlat notijorat va diniy tashkilotlar boshqarmasining katta maslahatchisi lavozimidan boshlab, vazirlik tizimida turli lavozimlarda faoliyat yuritgan.

2018 yildan hozirgi vaqtga qadar Adliya vazirligining Nodavlat notijorat tashkilotlar boshqarmasining boshlig`i lavozimida ishlab kelgan.

Шарҳлар