Му5
46

Nodira Qodirova o`limi bo`yicha Turkiya elchisi izoh berdi

Jamiyat 09.11.2019, 10:27
392
Nodira Qodirova o`limi bo`yicha Turkiya elchisi izoh berdi

Kecha, 8 noyabr kuni Tashqi ishlar vazirining o`rinbosari Dilshod Ahatov Turkiya elchisi Er Mehmet Surayya bilan uchrashdi. Uchrashuvda joriy yil 23 sentyabr kuni Anqara shahrida O`zbekiston fuqarosi Nodira Qodirovaning o`limi bilan bog`liq vaziyat muhokama qilindi.

Elchi O`zbekiston fuqarosi vafotiga olib kelgan fojiali voqea munosabati bilan samimiy hamdardlik bildirgan. Elchi hozirgi paytda Turkiyaning tegishli idoralari har tomonlama va sinchkovlik bilan tergov o`tkazayotganini, ushbu ishga doir barcha holatlar o`rganilayotganini aytgan.

Elchi tergov ob`ektiv olib borilishi, O`zbekiston tomoni esa tezkor va muntazam tarzda tergovning borishi va natijalari to`g`risida xabardor qilinishini ma`lum qilgan.

Eslatib o`tamiz, Turkiyaning adolat va taraqqiyot partiyasi deputati Shirin Unalning uyida 1 yildan beri ishlab kelayotgan 23 yoshli o`zbekistonlik Nodira Qodirova o`z joniga qasd qilgandi.

 

Шарҳлар