Му5
46

Maishiy chiqindilarni tashish qoidalari belgilandi

Jamiyat 09.11.2019, 11:10
110
Maishiy chiqindilarni tashish qoidalari belgilandi

“Maishiy chiqindilarni tashish qoidalarini tasdiqlash haqida”gi qaror Adliya vazirligida davlat ro`yxatidan o`tkazildi. Bu haqda "Huquqiy axborot" kanali xabar qildi. 

Qarorga muvofiq, Maishiy chiqindilarni tashish qoidalari yangi tahrirda tasdiqlanib, O`zbekiston “O`zkommunxizmat” agentligi bosh direktorining “Maishiy chiqindilarni tashish qoidalarini tasdiqlash haqida”gi buyrug`i o`z kuchini yo`qotgan deb topildi.

Qoidalarda, jumladan quyidagilar belgilandi:

- maishiy chiqindilarni olib chiqib ketishni tashkil qilish tartibi;

- qattiq, suyuq, yirik gabaritli va qurilish chiqindilarini yuklash hamda tashish tartibi;

- maishiy chiqindilarni poligonlarga (chiqindixonalarga) joylashtirish tartibi;

- chiqindi tashishga ixtisoslashtirilgan transport vositalarining harakat yo`nalishlarini belgilash tartibi;

- ixtisoslashtirilgan transport vositasi va uning ekipajiga, shuningdek atrof muhitni muhofaza qilishga qo`yiladigan talablar.

Шарҳлар