Му5
46

Nukusda Veterinariya texnikumi tashkil etildi

Jamiyat 09.11.2019, 11:14
99
Nukusda Veterinariya texnikumi tashkil etildi

“Qoraqalpog`iston Respublikasida chorvachilik tarmoqlarini jadal rivojlantirish chora-tadbirlari to`g`risida” Prezident qarori (PQ–4512-son, 07.11.2019 y.) qabul qilindi.

Qarorga muvofiq, Qoraqalpog`iston Respublikasida chorvachilikni jadal rivojlantirish bo`yicha komissiya tashkil etildi.

Chorvachilikni rivojlantirishdagi tadbirkorlik tashabbuslarini qo`llab-quvvatlash, chorvachilik sohasiga aholini keng jalb qilish, ularning chorvachilik bilan shug`ullanishi uchun qulay shart-sharoitlar yaratish Komissiyaning asosiy vazifalaridan etib belgilandi.

Qaror bilan Samarqand veterinariya medisinasi institutining Nukus filiali qoshida Veterinariya texnikumi tashkil etildi.

Qarorga ko`ra, Filial bakalavriatiga 2020/21-2022/23 o`quv yillarida qabul parametrlarini shakllantirishda Bo`zatov, Mo`ynoq, Taxtako`pir va Qo`ng`irot tumanlarida 5 yil ishlab berish sharti bilan ushbu tumanlar bo`yicha davlat granti asosida alohida maqsadli qabul ko`rsatkichlari nazarda tutiladi.

Qaror bilan, shuningdek, Qoraqalpog`istonda chorvachilikni rivojlantirishga doir chora-tadbirlar dasturi tasdiqlandi.

Шарҳлар