Му5
46

«O`zbekkosmos» agentligi tarkibida kosmik tarmoqning konstruktorlik byurosi tashkil etiladi

Jamiyat 09.11.2019, 11:50
137
«O`zbekkosmos» agentligi tarkibida kosmik tarmoqning konstruktorlik byurosi tashkil etiladi

«O`zbekkosmos» agentligi tarkibida kosmik tarmoqning konstruktorlik byurosi, ishlab chiqarish infratuzilmasi shakllantiriladi. Bu haqda 2020-2030 yillarda O`zbekiston Respublikasi kosmik tarmog`ini rivojlantirish konsepsiyasini amalga oshirish bo`yicha amaliy chora-tadbirlar rejasi («Yo`l xaritasi»)da aytilgan.

Shuningdek, O`zbekistonda yo`ldosh radionavigasiya tizimlaridan foydalanish konsepsiyasi ishlab chiqiladi. Tegishli tadbirlar kompleksi, normativ-huquqiy hujjatlar loyihalari 2020 yil 1 avgustgacha Vazirlar Mahkamasi, «O`zbekkosmos» agentligi, manfaatdor vazirliklar va idoralar tomonidan tayyorlanadi.

Bundan tashqari, erni masofadan zondlash (EMZ) axborotini qabul qilish, qayta ishlash va tarqatish virtual markazi yaratiladi hamda chet el yo`ldoshlaridan EMZ axborotini universal qabul qiluvchi stansiya o`rnatiladi.

Bu borada tadbirlar kompleksi, normativ-huquqiy hujjatlar loyihalari mos ravishda 2020 yil 1 martgacha va 2020 yil 1 oktyabrgacha Vazirlar Mahkamasi, «O`zbekkosmos» agentligi, manfaatdor vazirliklar va idoralar tomonidan ishlab chiqiladi.

Шарҳлар