Му5
46

200 dona gugurt qutisi 8000 dollarga sotildi

Jinoyat 09.11.2019, 12:37
604
200 dona gugurt qutisi 8000 dollarga sotildi

IIV Axborot xizmatining xabar berishicha, 2019 yil 1 noyabr kuni Surxondaryo viloyati IIB Xavfsiz turizmni taminlash boshqarmasi xodimlari tomonidan Denov tumanida olib borilgan tezkor tadbir davomida shu tumanda yashovchi muqaddam 2015 yilda O`zbekiston Respublikasi Jinoyat kodeksining 167-moddasi (O`zlashtirish yoki rastrata yo`li bilan talon-toroj qilish) 2-qismi “v”-bandi, 209-moddasi (Mansab soxtakorligi) 1-qismi, 2018 yilda Jinoyat kodeksining 270-moddasi (Taqiqlangan ekanlarni etishtirish) 1-qismi, 276-moddasi (Giyovandlik vositalari yoki psixotrop moddalarni o`tkazish maqsadini ko`zlamay qonunga xilof ravishda tayyorlash, egallash, saqlash va boshqa harakatlar) 2-qismi, 57-modda (Engilroq jazo tayinlash) va 59-moddalari (Bir necha jinoyat sodir etganlik uchun jazo tayinlash) bilan sudlangan, fuqaro N. Denov tumani hududida sof og`irligi 732.49 gramm bo`lgan 200 dona gugurt qutiga joylangan “Marixuana” giyoxvandlik moddasini 8 ming AQSh dollariga sotayotgan vaqtida qo`lga olingan.

Tezkor tadbir davom ettirilib, N.ning uyi ko`zdan kechirilganida uning uyidagi shkafidan 3,34 gr “Marixuana” giyohvandlik moddasi oligan.

Olib borilgan dastlabki surishtiruv ishlari natijasida fuqaro N. ushbu giyohvandlik moddasini Denov tumani Kuyovsuv mahallasida yashovchi fuqaro A.dan olganligi ma`lum bo`ldi.

Shundan so`ng, fuqaro A.ning yashash xonadoni ko`zdan kechirilganida, uning uyidan 194,09 gr “Marixuana” giyohvandlik moddasi borligi aniqlanib, xolislar ishtirokida olingan.

Mazkur holat yuzasidan Denov tumani ichki ishlar organlari faoliyatini muvofiqlashtirish boshqarmasi Tergov bo`limi tomonidan fuqaro N. va A.larga nisbatan O`zbekiston Respublikasi Jinoyat kodeksining 273-moddasi (Giyovandlik vositalari yoki psixotrop moddalarni o`tkazish maqsadini ko`zlab qonunga xilof ravishda tayyorlash, olish, saqlash va boshqa harakatlar qilish, shuningdek ularni qonunga xilof ravishda o`tkazish) va 25-moddalari (Jinoyatga tayyorgarlik ko`rish va jinoyat sodir etishga suiqasd qilish)ning tegishli qismlari bilan jinoyat ishi qo`zg`atilgan. Tergov harakatlari olib borilmoqda.

O`z navbati, Surxondaryo viloyati ichki ishlar boshqarmasi tomonidan giyohvand vositalarining savdosiga qarshi kurashish borasida amalga oshirilayotgan ishlar haqida qayd etib o`tadigan bo`lsak, 2019 yilning 10 oyi davomida viloyat hududida 128 ta holat aniqlangan. Shundan giyohvand moddalarni sotish 29 ta, saqlash 17 ta, ekish 50 ta va kontrabanda (davlat chegarasidan olib kirilgan) 32 ta holatlarni tashkil etgan. Jinoyatchilardan jami 69 457 grammdan ziyod giyohvand moddalari olingan.

 


 

Шарҳлар