Му5
46

O`zbekiston fuqaroligini olish uchun o`zbek tilini bilish sharti qo`yilishi kutilmoqda

Jamiyat 09.11.2019, 13:05
216
O`zbekiston fuqaroligini olish uchun o`zbek tilini bilish sharti qo`yilishi kutilmoqda

Bu haqda huquqshunos Xushnudbek Xudoyberdiev shunday deydi:

"Yurtimizda istiqomat qilayotgan minglab insonlarni xursand qiladigan «O`zbekiston Respublikasi fuqaroligi to`g`risida»gi qonunning yangi tahriri qabul qilinishi haqida bo`ldi. May oyida jamoatchilik muhokamasiga qo`yilgan ushbu qonun hozirda Oliy Majlis Qonunchilik palatasida ko`rib chiqilayotgan ekan. Yaqin orada qabul qilinishi mumkinligini aytishdi.

Yangi qonunga ko`ra, O`zbekiston fuqaroligiga qabul qilishning yangi turlari nazarda tutiladi. Jumladan:

Umumiy – O`zbekistonda uzluksiz 5 yil yashagan xorijiy davlat fuqarolari (fuqaroligidan chiqqan bo`lsa) hamda yashash ma`lumotnomasiga ega fuqaroligi bo`lmagan shaxslarga beriladi;

Soddalashtirilgan – xorijiy davlat fuqarosi yoki fuqaroligi bo`lmagan shaxs hisoblangan vatandoshlarga beriladi;

Alohida tartibda – O`zbekiston Prezidenti tashabbusi bilan beriladi.

Va eng asosiysi 1995 yil 1 yanvarga qadar doimiy ro`yxatdan o`tgan, xorijiy davlat fuqaroligini olmagan hamda fuqaroligi bo`lmagan shaxs guvohnomasiga ega bo`lganlar O`zbekiston fuqarosi sifatida tan olinadi. Yurtimizda fuqarolik ololmayotgan, lekin uzoq yillardan buyon O`zbekistonda yashayotgan vatandoshlarimiz soni juda ko`p. Ular uchun katta xushxabar bo`lar edi bu.

O`zbekiston fuqaroligi yo`qotilishiga olib keladigan uzrli sabablarsiz konsullik hisobiga turmaslik muddati 3 yildan 7 yilga uzaytiriladi.

O`zbekiston fuqaroligiga qabul qilish sharti sifatida davlat tilini muloqot uchun etarli darajada bilish bo`yicha talablar qo`yiladi.

Bundan tashqari, xorijga chiqish biometrik pasportini vaqtincha turar joyidan ham olish imkoniyatini beruvchi qaror loyihasi ishlab chiqilib, muhokamaga qo`yildi.

Hozirda “zagranpasport” olish uchun faqat doimiy propiska qilingan hududga borish shart. Agar ushbu qaror kuchga kirsa, masalan, doimiy propiskasi viloyatda bo`lgan fuqaro ham Toshkentdan “zagranpasport” olishi mumkin bo`ladi.

Matbuot anjumani davomida jurnalistlar tomonidan nafaqat “zagranpasport”, balki fuqarolik pasportini olishda hududiy cheklovni olib tashlash taklif qilindi."

Shuningdek, agar fuqarolarda pasport, propiska va fuqarolik masalalarga oid savollari yoki muammolari bo`lsa, Telegramdagi quyidagi guruh orqali so`rashlari mumkinligi haqida xabar berildi.

Шарҳлар