Му5
48

Ulug`bek Rahmatullaev arava tortib onasiga yordam berib yurgan maktab o`quvchisini Misrga yubormoqchi

Shou-biznes 10.11.2019, 00:16
3416
Ulug`bek Rahmatullaev arava tortib onasiga yordam berib yurgan maktab o`quvchisini Misrga yubormoqchi

Oktyabr oyida maktab o`quvchisi ishtirokida tarqalgan videoni siz ham ko`rgan bo`lsangiz kerak...

Unda, jurnalist Hasanboy Sattorov, 8-sinf o`quvchisi Zafardan intervyu olgan edi. Suhbatda ma`lum bo`lishicha, 14 yashar bolakay allaqachon katta hayotning sinovlaridan o`tib kelyapti. U bozorda aravakashlik qilib, onasiga ro`zg`or tebratishga yordam berayotgani haqida iymanib, ko`zidagi yoshini yashira olmay gapirib bergandi.

Ijtimoiy tarmoqlarda keng tarqalgan ushbu suhbat hech kimni befarq qoldirmadi. Hatto, aksariyat san`atkorlarimiz ham bu bolaning jasorati va oilaparvarligiga tan berishgan. Unga bo`lgan hurmatini instagram tarmog`i orqali izhor etganlar ham bo`ldi. 

O`zbekistonda xizmat ko`rsatgan artist Ulug`bek Rahmatullaev esa uni izlab topdi ham. Va uni oila a`zolari bilan ayni kunlarda bo`lib o`tayotgan yakkaxon konsert dasturiga taklif etdi. Ammo xonanda bu bilan chegaralangani yo`q. U bolakayga Misr davlatining Sharmal Sheyx shahrida 10 kun dam olib kelishi uchun yo`llanma ham tuhfa etdi. Ammo Zafardan tanlov ham bor. Xohlasa, 10 kunlik sayohatga borishi yoki safar harajati pullarini olishi mumkin. Ixtiyor uning o`zida.

Nima ham derdik, san`atkorlarimizning sahovatpeshaligiga ko`z tegmasin!

Шарҳлар