Sankt-Peterburgda taksi chaqirgan nogiron qiz zo`rlangan. Bu haqda «Fontanka»ga tayanib ma`lum qilinmoqda.
Ma`lumotga ko`ra, 28 yoshli nogironlar aravachasiga mixlangan qiz 10 noyabr kuni polisiyaga murojaat qilgan. Uning aytishicha, kechqurun soat 1 da Gorelovo posyolkasidagi uyiga taksi chaqirgan, taksi kelgach esa ketmaslikka qaror qilgan.
Aniqlanishicha, haydovchi buning sababini tushuntirishni talab qilgan, qizni mashinaga o`tqazib, aravachani bagajga tashlagan. Ayni shu paytda kirakashning qizni zo`rlab, 900 rublini tortib olgani, keyin esa chaqiruvni bekor qilgani uchun 5000 rubl talab qilgani aytilmoqda. Yigit qizni kvartirasiga kuzatib qo`ygan, uydan kerakli summani olgan va ketgan.
Kechqurun polisiya taksi haydovchisini Avangard ko`chasida qo`lga oldi. U 25 yashar O`zbekiston fuqarosi bo`lib chiqdi. Unga qarshi Rossiya Federasiyasi Jinoyat kodeksining 162-moddasi ("Talonchilik") va 132-moddasi ("Jinsiy xarakterdagi zo`ravonlik harakatlari") bo`yicha ish qo`zg`atildi.
03.12.2019, 18:35
Xorijda ishlab yurgan o`zbekistonliklarning vatanga qatishlarida ko`maklashilayotganiligi bo`yicha ma`lumot berildi.Unga ko`ra, 2019-yil 1-yanvardan 1-noyabrgacha “Istiqbolli Avlod” ijtimoiy-axborot markazi tomonidan 381 ta ariza qabul qilingan. Murojaatlarda...03.12.2019, 11:59
Joriy yilning 3-7 dekabr kunlari O`zbekistonda Rossiya Federasiyasining madaniyat kunlari bo`lib o`tadi.Madaniyat kunlari doirasida V.D.Polenov nomidagi Rossiya davlat xalq ijodiyoti uyi tomonidan “Loskutnaya mozaika Rossii” deb...14.11.2019, 11:08
Rossiyada Amur qurilish va uy-joy kommunal kolleji talabasi (Blagoveshensk) o`quv muassasasida otishma uyushtirdi.Dastlabki ma`lumotlarga ko`ra, yigit uning nomiga ro`yxatga olingan «Ij-81» ov miltig`ini olib kirgan....12.11.2019, 22:54
Hozirda Moskva viloyati va shahrida 60 mingdan ortiq buxorolik mehnat migrantlari vaqtinchalik mehnat faoliyatini amalga oshirmoqda. Bu haqda Buxoro viloyatida O`zbekiston va Rossiya Hukumatlari hamkorligida...