Му5
48

To`ydan so`ng Farhod va Shirin dueti faoliyatini davom ettiradimi? Prodyuser bu savolga javob berdi (foto)

Shou-biznes 12.11.2019, 11:14
4646
To`ydan so`ng Farhod va Shirin dueti faoliyatini davom ettiradimi? Prodyuser bu savolga javob berdi (foto)

Kecha xabar berganimizdek, estradamizda o`z o`rniga ega guruhlardan birida quvonchli voqea! Farhodning Shirinni turmushga chiqdi...

Ma`lumot o`rnida:

  • Shirinning turmush o`rtog`i "The Cover Up" loyihasi ishtirokchisi, xonanda Nodir Zoitovdir. 

 

Hammada tabiiy bir savol paydo bo`ldi. Farhod va Shirin dueti o`z faoliyatini davom ettiradimi? Bu savolga javob olish maqsadida guruh prodyuseri Bobur Bobomurod bilan bog`landik.

— Avvalambor qizlarim qatorida Shirin ham mening to`rtinchi qizim ekanini aytib o`taman. Uning baxtini ko`rib, bugun ota sifatida quvonchimning cheki yo`q. Yoshlar baxtli bo`lsin!

Savolingizga kelsak, xonandalar o`z faoliyatini davom ettiradi, albatta. Endi ijod har doimgidanda kuchayadi, deb ishonch bilan aytishim mumkin. Farhod va Shirinning qatoriga endi kuyov bola Nodir ham qo`shiladi. U ham yaxshi ijodkor, qo`ldan kelgancha ijodiy maslahatlar bilan uni ham qo`llab-quvvatlayman. 

“Versal” to`yxonasida bo`lib o`tgan to`y marosimidan fotosuratlarni esa qo`yida tomosha qilishingiz mumkin. 

Kelin va kuyovning onalari

Шарҳлар