Му5
48

Terrorizmni moliyalashtirishga qarshi kurash: Evroosiyo guruhi ekspert-baholovchilari O`zbekistonda

Jamiyat 12.11.2019, 12:46
Теглар: Terrorizm
111
Terrorizmni moliyalashtirishga qarshi kurash: Evroosiyo guruhi ekspert-baholovchilari O`zbekistonda

2019 yil 11-15 noyabr kunlari Toshkent shahrida O`zbekiston Respublikasi Bosh prokuraturasi huzuridagi Iqtisodiy jinoyatlarga qarshi kurashish departamenti tomonidan Jinoiy daromadlarni legallashtirishga va terrorizmni moliyalashtirishga qarshi kurashish bo`yicha Evroosiyo guruhi Kotibiyati, EXHTning O`zbekistondagi loyihalari Koordinatori, BMTning Jinoyatchilikva giyohvandlikka qarshi kurashish boshqarmasi hamda Moliyaviy monitoring bo`yicha xalqaro o`quv-metodik markazi bilan hamkorlikda “Evroosiyo mintaqasida jinoiy daromadlarni legallashtirishga qarshi kurashish samaradorligini baholash: tajriba va eng yaxshi amaliyot” mavzusida halqaro seminar bo`lib o`tmoqda.

Seminarning maqsadi – xalqaro maydonda Evroosiyo guruhiga a`zo davlatlarning jinoiy daromadlarni legallashtirish va terrorizmni moliyalashtirishga qarshi kurashish milliy tizimini mustahkamlash va kadrlar salohiyatini oshirish, jinoiy daromadlarni legallashtirish bilan bog`liq jinoyatlarni tergov qilish tajribasini almashish, shuningdek, tajribali ekspertlarni tayyorlash va ularni o`zaro baholash jarayoniga jalb qilish.

Seminar doirasida o`zaro baholash hisobotlarini ko`rib chiqish va prokuror, tergovchilarni milliy tizimning boshqa ishtirokchilari bilan o`zaro hamkorligini mustahkamlash rejalashtirilgan. Bundan tashqari, mazkur seminar mutaxassis-amaliyotchilarga Qozog`iston Respublikasi, Turkmaniston va O`zbekiston Respublikasida rejalashtirilgan o`zaro baholash jarayonlarida ishtirok etish va tegishli tayyorgarlikdan o`tish imkonini beradi.

Tadbirda Evroosiyo guruhi Kotibiyati vakillari, Evroosiyo guruhiga a`zo davlatlarning (Rossiya, Hindiston, Belarus, Qozog`iston, Qirg`iziston, Tojikiston, Turkmaniston va O`zbekiston) huquqni muhofaza qiluvchi organlari xodimlari, shuningdek Ispaniya va Belarus davlatlarining xalqaro ekspertlari ishtirok etmoqda.

Seminar yakunida tayyorgarlikdan muvaffaqiyatli o`tgan ishtirokchilar sertifikat bilan taqdirlanadi hamda ular Evroosiyo guruhi baholovchilari zaxirasiga kiritiladi.

Shuningdek, Bosh prokuratura huzuridagi Departament rahbariyati bilan Jinoiy daromadlarni legallashtirishga va terrorizmni moliyalashtirishga qarshi kurashish bo`yicha Evroosiyo guruhi ijrochi kotibi S.A.Teterukov o`rtasida tor doiradagi uchrashuv bo`lib o`tdi.

Mazkur uchrashuvda, Evroosiyo guruhi doirasida 2020 yilda O`zbekiston Respublikasining jinoiy daromadlarni legallashtirishga va terrorizmni moliyalashtirishga qarshi kurashish milliy tizimini baholashga tayyorgarlik ko`rish masalalari muhokama qilindi.   

Шарҳлар

Terrorizmga aloqadorlikda ayblangan 540 nafar mahkum amnistiya bo`yicha ozod etildi

14.11.2019, 14:40

 Tojikiston shimolida terrorizm va ekstremistik xarakterdagi jinoyatlarga aloqador bo`lgan 540 kishi amnistiya asosida jinoiy jazodan ozod qilindi. Bunday ma`lumotni viloyat huquq-tartibot idoralari Muvofiqlashtiruvchi kengashining majlisida,...