Му5
48

Vazirlar Mahkamasi Davlat tilini rivojlantirish departamentining mudiri tayinlandi

Jamiyat 12.11.2019, 13:59
99
Vazirlar Mahkamasi Davlat tilini rivojlantirish departamentining mudiri tayinlandi

Hukumat qarori bilan Abdug`appor Karimjonovich Qirg`izboev Vazirlar Mahkamasi Davlat tilini rivojlantirish departamentining mudiri etib tayinlandi.

Departament prezidentning 2019 yil 21 oktyabrdagi PF-5850-son farmoniga asosan tashkil etilgan. Davlat tilini rivojlantirish, davlat tili to`g`risidagi qonun hujjatlariga rioya etilishi ustidan monitoringni amalga oshirish, ushbu sohada jamoatchilik nazoratining samarali shakllarini joriy etish Departament asosiy vazifalaridan sanaladi.

Ma`lumot uchun: Abdug`appor Qirg`izboev 1962 yilda Namangan viloyatida tug`ilgan. 1985 yil Nizomiy nomidagi Toshkent davlat pedagogika institutini tamomlagan, mutaxassisligi - tarix va jamiyat o`qituvchisi. Tarix fanlari doktori, dosent. U O`zbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Qonunchilik palatasi Fan, ta`lim, madaniyat va sport masalalari qo`mitasi raisining o`rinbosari sifatida ishlab kelayotgandi.

Шарҳлар