Му5
50

Bugun yurtimizning ayrim hududlarida chiroq bo`lmaydi

Jamiyat 12.11.2019, 14:03
157
Bugun yurtimizning ayrim hududlarida chiroq bo`lmaydi

Yashnobod tumanining “Donishmand” mahallasidagi “Zumrad”, “Husnobod”, “Shohimardon” va “Muruvvat” ko`chalarida, hamda “Shirinobod” mahallasining “Marv” ko`chasidagi aholi xonadonlarida bugun 12 noyabr kuni soat 10:00 dan soat 17:00 ga qadar elektr energiyasida vaqtinchalik uzilishlar bo`ladi.

Tumanning “Tuzel” mahalla hududidagi 3366-sonli transformator punktida mukammal ta`mirlash ishlari olib borilishi sababli, (40 let) mavzesining 2 kvartalida 2, 4, 5, 6, 13- ko`p qavatli aholi xonadonlarida;

Shuningdek, “Nodirabegim” mahallasi hududidagi 1858-sonli transformator punktiga qarashli past kuchlanishli havo liniyalarida 0,4 SIP simlarini yangi tizimga ulash ishlari olib borilishi sababli, ishlarni xavfsiz bajarish maqsadida “Zumrad”, “Xusnobod”, “Shohimardon” va “Muruvvat” ko`chalarida, hamda “A.Yassaviy” mahalla ko`chalaridagi elektr simlarini daraxt shox-shabbadalaridan tozalab tartibga keltirish maqsadida, ishlarni xavfsiz bajarish uchun aholi xonadonlarida elektr energiyasi soat 10:00 dan 17:00 gacha vaqtincha o`chiriladi.

Andijon tumanida joylashgan 110/35/10 kV kuchlanishli “Ohunboboev” hamda “Kamolot” podstansiyalarida mukammal ta`mirlanish ishlari olib borilishi sababli, Andijon shahri va tumanidagi “Yangi hayot”, “A.Bakirov”, “Abdulla Ahmedov”, “Bog`ishamol”, “Joxonobod”, “Zavroq”, “Og`ullik”, “Bog`i Bobur”, “Sho`rbuloq”, “Jevachi”, “Guzar”, “Buyuk Turon”, “Tadbirkor” mahalla fuqarolar yig`ini hududlarida yashovchi aholi xonadonlari elektr ta`minotida vaqtinchalik uzilishlar bo`ladi. 

Pop tumanidagi 35/6 kVli “Pop shahar” nimstansiyasida rejali mukammal ta`mirlash ishlari olib boriladi. Buning natijasida shu kuni soat 08:00 dan kech soat 17:00 ga qadar, Pop tumanining “Hazratibob”, “Tinchlik”, “Uchbo`lar”, “Navoiy”, “H.Olimjon”, “Ipak yo`li”, “A.Qaxxor”, “Mustaqillik” va “Chinor” MFYlar hududlarida;

Mingbuloq tumanidagi 35/10 kVli “Oq qum” nimstansiyasida rejali mukammal ta`mirlash ishlari olib boriladi. Buning natijasida shu kuni soat 08:00 dan kech soat 17:00 ga qadar, Mingbuloq tumanining “Oq qum” MFY hududida;

Chortoq tumanidagi 35/10 kVli “Alixon” nimstansiyasida rejali mukammal ta`mirlash ishlari olib boriladi. Buning natijasida shu kuni soat 08:00 dan kech soat 17:00 ga qadar, Chortoq tumanining “Saroy”, “Qoramurut”, “Isroilov” va “Bodomzor” MFYlar hududlarida iste`molchilarga elektr energiyasini etkazib berilishida vaqtinchalik uzilishlar bo`ladi;

Keltirilgan noqulayliklar uchun iste`molchilardan uzr so`raymiz.

“Hududiy elektr tarmoqlari” AJ Matbuot xizmati

Шарҳлар