Му5
48

Andijon viloyat hokimi shifokorlarning kasb bayramida taniqli shoirga Nexia 3 sovg`a qildi

Jamiyat 12.11.2019, 14:28
Теглар: Andijon, Shuhratbek Abdurahmonov, Xonobod
227
Andijon viloyat hokimi shifokorlarning kasb bayramida taniqli shoirga Nexia 3 sovg`a qildi

Andijon viloyatining Xonobod sihatgohida tibbiyot xodimlari kuni tantanali tarzda nishonlandi.

Tibbiyot sohasida samarali mehnat qilayotgan 500 nafardan ziyod shifokorlarning dam olib hordiq chiqarishlari uchun alohida e`tibor qaratildi. Shanba kunining  ikkinchi yarmida Xontog`da bunyod etilayotgan dala-hovlilar, Oloviddin oromgohi va Xonobod sanatoriyasiga joylashgan shifokorlar kechga qadar miriqib xordiq chiqardilar. Shifokorlar uchun ikki kun davomida hazil-mutoyibaga boy ko`ngilochar tadbirlar, konsert dasturlari, sport musobaqalari tashkil etildi.

Bayram tadbirida tibbiyot xodimlari, davlat tashkilotlari rahbarlari, keng jamoatchilik, OAVlari vakillari, madaniyat va san`at namoyandalari ishtirok etdilar.

Tadbirning tantanali qismida Andijon viloyati hokimi Shuhratbek Abdurahmonov prezident Shavkat Mirziyoevning sog`liqni saqlash sohasi xodimlariga yo`llagan bayram tabrigini o`qib eshittirdi.

Viloyat rahbari  sharafli va mas`uliyatli kasb egalariga o`z ezgu tilaklarini bildirdi. 

Sana munosabati bilan Prezident farmoniga ko`ra bir guruh tibbiyot xodimlariga davlat mukofotlari tantanali ravishda topshirildi. Shuningdek, soha ilg`orlariga viloyat hokimining faxriy yorliq va qimmatbaho sovg`alari topshirildi. Bundan tashqari Paxtaobod tumanidagi Ozod qishloq vrachlik punktiga tez tibbiy yordam avtomashinasi sovg`a qilindi. 

Tadbir davomida Andijonning erka shoir o`g`li, Vatan kuychisi Sharofiddin Boltaboevga  yurtni madh etuvchi she`rlari uchun viloyat hokimining qimmatbaho sovg`asi,  engil avtomashina  topshirildi, deya xabar beradi viloyat hokimligi matbuot xizmati. 

Tantanali tadbirda san`at ustalari va yosh ijrochilarning konsert dasturi namoyish etildi.

 

Шарҳлар

Andijondagi portlashda 11 kishi jabrlandi, ular orasida 3 nafar bola bor

04.12.2019, 22:13

Andijondagi ko`p qavvatli uydagi portlash to`g`risida O`zbekiston Respublikasi IIV huzuridagi Tergov departamenti qo`shimcha ma`lumot taqdim etdi.2019 yilning 4 dekabr kuni soat taxminan 14:05 da Andijon...
Andijonda yong`inni o`chirish vaqtida ikkita jasad topildi

04.12.2019, 16:58

2019 yilning 3 dekabr kuni 06 dan 20 daqiqa o`tganda Andijon shahri Sanoat MFY Temir yo`l ko`chasi 120-uyda yong`in bo`layotganligi haqida yong`in-qutqaruv xizmatiga xabar kelib...
Kecha Andijonda ikki inson tutundan bo`g`ilib vafot etdi

04.12.2019, 09:31

 Andijonda tutundan bo`g`ilib o`lganlik holati qayd etildi. Bu haqda “darakchi.uz”ga Bosh prokuratura Matbuot xizmati ma`lum qildi. Aniqlanishicha, 2019 yil 3 dekabr kuni soat 03.00larda Andijon shahar,...
Andijon bozorida noqonuniy "ulanishlar" aniqlandi

02.12.2019, 18:26

Andijondagi bozorlardan birida noqonuniy elektr energiyasiga ulanish borligi ma`lum bo`ldi. Bu haqda “darakchi.uz”ga MIB ma`lum qildi. Majburiy ijro byurosi Andijon tumani bo`limi xodimlarining nazorat tadbirlari davomida tumandagi...