Му5
50

O`zbekiston markazlashgan byudjet siyosatidan bosqichma-bosqich voz kechmoqchi

Jamiyat 12.11.2019, 14:34
Теглар: byudjet, qonun
218
O`zbekiston markazlashgan byudjet siyosatidan bosqichma-bosqich voz kechmoqchi

Ayni kunlarda Oliy Majlis Qonunchilik palatasida “2020 yil uchun O`zbekiston Respublikasining Davlat byudjeti to`g`risida”gi qonun loyihasi qizg`in muhokama qilinmoqda, deya xabar bermoqda Qonunchilik palasi axborot xizmati. 

Unda belgilangan har bir norma atroflicha muhokama etilib, tegishli taklif va tavsiyalar bildirmoqda. 

Mazkur qonun loyihasi bilan respublika byudjeti Oliy Majlis tomonidan, mahalliy byudjetlar esa, joylardagi mahalliy Kengashlar tomonidan qabul qilinadi. Qolaversa, xarajatlar sohalar bo`yicha emas, vazirlik va idoralar kesimida tasdiqlanadi. 

Deputatlar ta`kidlaganidek, hayotga joriy etilayotgan yangi amaliyotning yana bir o`ziga xos jihati – markazlashgan byudjet siyosatidan bosqichma-bosqich voz kechishdir. Masalan, mahalliy byudjetlar daromadini mustahkamlash maqsadida avtomototransport vositalarini ro`yxatdan o`tkazish yig`imlari mahalliy byudjetga o`tkazilmoqda. Alkogol mahsulotlari va mobil aloqa xizmatini ko`rsatish uchun aksiz solig`i tushumlari aholi sonidan kelib chiqib, hududlar o`rtasida qayta taqsimlanadi. Qo`shimcha qiymat solig`i va yuridik shaxslardan olinadigan foyda solig`i bo`yicha prognozdan orttirib bajarilgan qismi to`liq hududlarda qoldiriladi. 

Ta`kidlash joiz, bugungi kunga qadar mahalliy hokimliklar o`z byudjetini qabul qilishda xech qanday vakolatga ega emas edi. Qaysi bir tashkilotga ajratilayotgan mablag`lar etishmasligini yoki ortiqcha ekanligini bilsa ham uni o`zgartish imkoni yo`q edi. 

Taklif etilayotgan qonun loyihasida mahalliy byudjetlarning daromadlarini soliq turlari bo`yicha hamda xarajatlarini byudjet tashkilotlari kesimida o`zlari belgilashi o`z aksini topgan. Xalq deputatlari mahalliy Kengashlari o`zlariga tegishli bo`lgan byudjetni qabul qilishdagi haqiqiy mustaqilligi ta`minlanadi. Bu, albatta, har bir davlat organining vakolatini kengaytirish bilan birga, mas`uliyatini ham oshiradi. 

Parlament quyi palatasida qonun loyihasi takomillashtirilmoqda.

Шарҳлар

Prezident yangi tahrirdagi Vazirlar Mahkamasi to`g`risidagi qonunini imzoladi

12.12.2019, 11:30

Yangi tahrirdagi "Vazirlar Mahkamasi to`g`risida"gi Qonunida Vazirlar Mahkamasining iqtisodiy, moliyaviy, pul-kredit, investisiya, ijtimoiy, madaniy-gumanitar, ta`lim, ilm-fan, sog`liqni saqlash, ekologiya va boshqa sohalardagi vakolatlari aniq belgilandi.Shuningdek,...
YaTTlar uchun daromad solig`ining qat`iy summasi belgilandi

10.12.2019, 19:10

2020 yil uchun O`zbekiston Respublikasining Davlat byudjeti to`g`risidagi Qonun Prezident tomonidan imzolandi.Unga muvofiq, yakka tartibdagi tadbirkorlar uchun jismoniy shaxslardan olinadigan daromad solig`ining qat`iy belgilangan summalari...
Evropa kosmik agentligi yangi yil uchun rekord darajadagi katta byudjetni tasdiqladi

02.12.2019, 08:56

Evropa kosmik agentligi (EKA) Kengashi Sevilyadagi konferensiyada kelasi besh yil uchun 14,4 milliard evro miqdoridagi byudjetni tasdiqladi. Bu haqda EKA matbuot xizmati ma`lumotiga asoslanib xabar qilinmoqda.EKAga...
Qonun hujjatlari ijrosini ta`minlashning yangi tartibi joriy qilindi

21.11.2019, 20:04

Endiklikda, joriy etilgan yangi tartib bo`yicha har bir idora o`zining faoliyatiga taalluqli bo`lgan qonun hujjatlarining ijrosini monitoring qiladi. Shuningdek, Adliya vazirligi davlat boshqaruvi organlarining huquqiy...