Му5
50

“Toshkent univermagi” shohbekati avtoturargoh emas!”

Jamiyat 12.11.2019, 19:06
Теглар: shohbekat
278
“Toshkent univermagi” shohbekati avtoturargoh emas!”

Jamoat transportining erkin harakatlanishida nafaqat yo`llarda transport vositalarining ko`pligi, balki, engil avtomobillarning to`xtash mumkin bo`lmagan joylarga qo`yib ketilishi avtobuslar tirbandligini keltirib chiqarmoqda, deya xabar qilmoqda “Toshshahartransxizmat” AJ Matbuot xizmati.

Ma`lum qilinishicha, oraliq va shohbekatlar hududida mashinalarning nazoratsiz qoldirilishi avtobuslarning harakatida jiddiy muammolarga sabab bo`lyapti.

Xususan, “Toshshahartransxizmat” AJ tasarrufidagi yo`nalishlar bo`yicha “Toshkent univermagi” shohbekatiga kiruvchi avtobus haydovchilari anchadan buyon ushbu muammodan aziyat chekmoqda. 

Shohbekat hududi yo`l harakati xavfsizligi xodimlari tomonidan qanchalik nazorat qilinmasin vaziyat kun sayin og`irlashib bormoqda. Avtobuslar shohbekatga kirolmay vaqt yo`qotishiga, oraliq intervallarning uzayib ketishiga olib kelyapti.

Masalan, joriy yil 12 noyabr kuni taxminan 14:00 atrofida jamiyat harakat xavfsizligi bo`limi xodimlari ushbu shohbekat hududida engil avtomobillarning avtobuslar harakatiga halaqit berayotgani, muammoni bartaraf etishga yordam berishlarini so`rab yo`l harakati xavfsizligi boshqarmasiga murojaat qildilar. Inspektorlar qisqa muddatda bu erdagi sun`iy tirbandlikni tarqatib ketishdi. Ammo oradan 10 daqiqa o`tmay yana “eski hammom eski tos” shohbekat xususiy engil avtomobillarning turar joyiga aylanib ulgurdi.

Yuzaga kelayotgan ana shunday vaziyatni inobatga olib, “Toshshahartransxizmat” AJ rahbariyati barcha engil avtomobil egalarini ogohlantiradi. Bundan buyon oraliq va shohbekatlarda qarovsiz qoldirilgan va avtobuslar harakatiga halaqit berayotgan transport vositalari mutasaddilar tomonidan suratga olinib, yo`l harakati xavfsizligi boshqarmasiga taqdim etiladi.

Shuningdek:

"Jamoat transporti harakatiga halal bermang. Zero uning o`z vaqtida va sifatli xizmat ko`rsatishi har birimiz uchun foydalidir. Avtobusning yo`qotgan bir daqiqasi yo`lovchilarning yuzlab daqiqalarini yo`qotishiga sabab bo`lishi mumkin",  — deya ogohlantirmoqda “Toshshahartransxizmat” AJ. 

Шарҳлар