Му5
48

Endilikda YPX xodimlari xaydovchilarni asossiz to`xtatmaydi

Jamiyat 13.11.2019, 17:56
Теглар: Video
719
Endilikda YPX xodimlari xaydovchilarni asossiz to`xtatmaydi

Agar xodimning qo`lida dislokasiyasi bo`lmasa, u sizga ma`muriy bayonnoma tuzishga xaqi yo`qva tuzgan bayonnomasi yuridik kuchga ega emas. Bu haqda O`zbekiston Respublikasi IIV YHXB Axborot xizmati boshlig`i Akmal Yunusov shunday ma`lumot berdi:

–O`zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi tasdiqlagan Nizomda hozirgi kunda fuqarolar va YPX inspektorlari o`rtasida ko`p hollarda sodir bo`layotgan muammoli vaziyatlar va mavhum masalalarga oydinlik kiritildi. Birinchi o`rinda YPX inspektorlarining haydovchilarni to`xtatish tartibi aniq qilib, belgilab berildi. Undan tashqari, YPX inspektorlarining yo`l harakati qatnashchilari bilan o`zaro munosabatlaridagi xuquqiy majburiyatlari ham belgilandi. Bularning hammasi kelajakda YPX inspektorlari va haydovchilar orasidagi salbiy holatlarning oldini olishga xizmat qiladi. Ushbu qaror loyihasini ishlab chiqish jarayonida rivojlangan davlatlarning ish tajribasi, qolaversa, o`zimizning fuqarolardan tushayotgan ariza, shikoyat, murojaatlar tahlil qilinib, o`rganildi va shular asosida ko`pgina masalalarga oydinlik kiritildi.

Qarordagi eng muhim jihatlardan biri shuki, YPX xodimining o`z xizmatini yashirin usulda olib borishi taqiqlanadi. Bu uning daraxt ortida yoki boshqa yashirin nuqtalarda ish yuritishining oldini oladi. Shuningdek, qaror asosida tasdiqlangan Nizomga ko`ra, transport vositasi to`xtatilganda haydovchi YPX xodimidan uning dislokasiyaga asosan xizmat o`tayotganligini tasdiqlovchi hujjat ko`chirmasi bilan tanishish huquqiga ega bo`ldi.

 

Шарҳлар

Qashqadaryoda haydovchi mashinasi bilan evakuatorga ortildi. IIB vaziyatga izoh berdi (Video)

22.11.2019, 17:27

Qashqadaryo viloyati IIB axborot xizmati YouTube videoxostingida «Qashqadaryoda YPX xodimlari bilan katta tortishuv. Mashina haydovchisi bilan evakuatorga ortildi» sarlavhasi ostida joylashtirilgan videoga munosabat bildirdi.Ta`kidlanishicha, mazkur videodagi  holat...
Chiroqchida yana bir ayiq otib o`ldirildi (Video)

21.11.2019, 18:21

Qashqadarë viloyati Chiroqchi tumani Beshchashma qishlog`ida IJ rusumidagi ov miltig`i bilan qo`ng`ir ayiq otib o`ldirildi. Eltuzga yuborilgan videoda qizil kitobga kirgan noëb qo`ng`ir ayiqning nimtalanib...
O`rtog`ini "manyak" deb atagan shaxs aniqlandi (Video)

21.11.2019, 18:04

So`nggi paytlarda ijtimoiiy tarmoqlarda insonlar orasida vahima uyg`otishga qaratilgan, “yosh bolalar o`ldirilib, ichki a`zolari sotilmoqda”, degan yolg`on xabarlar tarqaldi va ko`pchilikning bahs-munozaralariga sabab bo`ldi. Bu...
Qochoqlarni Evropaga etkazib beradigan jinoiy guruh qo`lga olindi (Video)

19.11.2019, 16:51

Qochoqlarni yuk mashinalarida Evropaga etkazib beradigan jinoiy guruh qo`lga olindi. Bu haqda Hudud yoshlar informasion dasturi xabar berdi.