Му5
50

Tojikiston prezidenti Emomali Rahmon Toshkentga keladi

Dunyo 14.11.2019, 15:16
341
Tojikiston prezidenti Emomali Rahmon Toshkentga keladi

Tojikiston prezidenti Emomali Rahmon 29 noyabrda Toshkentda o`tadigan Markaziy Osiyo davlatlari rahbarlarining mintaqadagi muammolar muhokamasiga bag`ishlangan norasmiy sammitida ishtirok etadi. Bu haqda «Asia-Plus» nashri Tojikiston hukumatidagi o`z manbalariga tayanib xabar qildi.

Uchrashuvda mintaqadagi davlatlar o`rtasidagi savdo-iqtisodiy, transport-kommunikasiya va ijtimoiy-madaniy sohalar bo`yicha hamkorlik muhokama qilinadi.

Prezidentlar mintaqada xavfsizlik va barqarorlikni ta`minlash, Afg`oniston hududida tinchlik o`rnatish masalalari haqida fikr almashadi.

Xabarda mintaqa etakchilarining norasmiy sammitini Toshkentda o`tkazish dastlab 12 aprelga rejalashtirilgani, lekin prezidentlarning roziligi asosida ushbu sana o`zgargani ham qayd etilgan.

Norasmiy formatda uchrashuvlarni tez-tez o`tkazish tashabbusi 2018 yil mart oyida Nur-Sulton (Ostona) shahrida o`tgan birinchi sammitda O`zbekiston Prezidenti Shavkat Mirziyoev tomonidan ilgari surilgan. Shavkat Mirziyoev har yili Navro`z bayrami arafasida uchrashuv o`tkazishni taklif qilib, mintaqa davlat rahbarlarini 2019 yilda Toshkentda o`tadigan ikkinchi norasmiy sammitga chaqirgandi.

2018 yil 15 martda o`tkazilgan mintaqa davlatlari etakchilarining birinchi maslahatlashuv uchrashuvida O`zbekiston Prezidenti Shavkat Mirziyoev, Qozog`istonning birinchi prezidenti Nursulton Nazarboev, Qirg`iziston prezidenti Sooronbay Jeenbekov, Tojikiston prezidenti Emomali Rahmon va Turkmaniston Majlisi raisi Akja Nurberdieva ishtirok etgan.

Шарҳлар