Му5
48

O`qishga kiritishni va`da qilgan MChJ rahbariga nisbatan jinoiy ish qo`zg`atildi

Jinoyat 15.11.2019, 08:52
Теглар: O`qish, jinoiy ish
245
O`qishga kiritishni va`da qilgan MChJ rahbariga nisbatan jinoiy ish qo`zg`atildi

 

2019 yil 26-iyul kuni Chilonzor tumanida poytaxt MChJlaridan birining direktori 32 yoshli Vahobjon X. 45 yoshli Xolida B.ning ishonchiga kirib, uning farzandari 22 yoshli Sevara T. va 20 yoshli Uralbek T.larni universitetga o`qishga kiritishni va`da qilgan. Bu haqda Toshkent shahar IIBB ma`lum qildi.

Ushbu harakati evaziga ayoldan direktor 9 000 000 so`m so`ragan. Unga ishongan ayol esa kerakli mablag`ni bergan. Ammo erkak o`z va`dasida turmasdan, pullarni ehtiyojiga sarflab yuborgan. 

Ayni paytda ushbu fakt asosida O`zbekiston Respublikasi Jinoyat kodeksining 168-moddasi (“Firibgarlik”) bo`yicha jinoiy ish qo`zg`atilib, tergov olib borilmoqda.

“Oliygohga kirishni noqonuniy yo`llar bilan hal qilishga urinmang. “Yordamchilarga” bermoqchi bo`lgan pulingizni farzandlaringizni ta`limiga ishlating: kitoblar xarid qiling, repetitorlar yollang. Shunda ko`proq foyda bo`ladi”, — deya ogohlantirmoqda Toshkent shahar IIBB.

Шарҳлар