Му5
48

O`zbekistonlik ziyoratchilarning dastlabki guruhi Umra ibodatini ado etish uchun jo`nab ketdi

Jamiyat 15.11.2019, 08:57
Теглар: O`zbekiston musulmonlari idorasi, Umra
180
O`zbekistonlik ziyoratchilarning dastlabki guruhi Umra ibodatini ado etish uchun jo`nab ketdi

14 noyabr kuni o`zbekistonlik ziyoratchilarning dastlabki guruhi ezgu niyatlar ila ehtiromlar og`ushida umra ibodatini ado etish uchun Saudiya Arabistoniga jo`nab ketdilar. “Umra – 2019/20” mavsumi boshlangani haqida O`zbekiston musulmonlari idorasi Matbuot xizmati xabar berdi.

Ziyoratchilar o`n kunlik umra safari davomida Madina shahrida 3 kun, Makka shahrida 7 kun bo`ladilar. Ular mazkur shaharlarda barcha zarur sharoitlarga ega mehmonxonalarda istiqomat qiladilar hamda ularga tajribali ishchi guruhi, ellikboshilar va malakali shifokorlar xizmat ko`rsatadi.

Tayyorgarlik doirasida barcha ziyoratchilar mavsumiy kasalliklarga qarshi emlanib, davlatimiz ramzi tushirilgan kamzul va sumkalar bilan ta`minlandi. Safar oldidan ularga umra safarining mohiyati, uni ado etishga doir masalalar guruh rahbarlari tomonidan tushuntirildi.
Saudiya Arabistonida viza berish tizimida yangi tizimning joriy etilishi ba`zi kechikishlarga sabab bo`ldi. Shunga qaramasdan, olib borilgan sa`y-harakatlar natijasida, 2019 yilning 14 noyabr kunidan boshlab har kuni “Toshkent–Jidda–Toshkent” yo`nalishida umra safari yo`lga qo`yildi. Ushbu mavsum 2020 yilning yoz oylariga qadar davom etadi.

Ma`lumot o`rnida, bugungi kunda Umra ziyoratlari yil davomida kvotasiz amalga oshirilishi belgilanib, 2019 yilning 1 aprelidan e`tiboran haftasiga 7 ta reysda Umra safariga fuqarolarimizni yuborish boshlangan. Ushbu muddat ichida 28 mingga yaqin yurtdoshlarimiz Umra safarida bo`lib qaytdilar.

Avvalroq Din ishlari bo`yicha Qo`mita Umra mavsumi bo`yicha maxsus bayonot bilan chiqqanligi haqida xabar bergandik.

 

Шарҳлар

Din ishlari bo`yicha qo`mita Umra ziyorati bo`yicha bayonot bilan chiqdi

14.11.2019, 16:11

So`nggi vaqtlarda ijtimoiy tarmoqlarda qator sayyohlik firmalari tomonidan muqaddas Umra ziyoratini tashkil qilish bo`yicha turli reklamalar ko`payib bormoqda. Shuningdek, ayrim e`lon qilinayotgan “buyurtma” maqolalarda Din ishlari...
Toshkent viloyatining yo`l bo`ylarida 29 ta yangi masjid qad rostlaydi (foto)

13.11.2019, 09:36

Toshkent viloyati bosh imom-xatibi Xayrulloh domla Turmatov viloyatning Yuqori Chirchiq, Bo`stonliq, Zangiota, Yangiyo`l, Quyi Chirchiq  tumanlarida qurilish boshlangan va davom etayotgan masjidlarni borib ko`rdi, deya...
Raddiya: Azonni ovoz kuchaytirgichda aytish to`xtagani yo`q!

31.10.2019, 17:47

Kuni kecha ijtimoiy tarmoqlarda “Musulmonlar idorasi tavsiyasi bilan ovoz kuchaytirgichda azon aytish to`xtatildi”, degan sarlavha bilan boshlangan xabarda go`yoki Namangan shahridagi masjidlarda azonni ovoz kuchaytirgichlar...