Му5
50

Evropa banki O`zbekistonda mehmonxona biznesini rivojlantirish uchun hamkorlik qilishga tayyor ekanini bildirdi

Jamiyat 15.11.2019, 08:59
166
Evropa banki O`zbekistonda mehmonxona biznesini rivojlantirish uchun hamkorlik qilishga tayyor ekanini bildirdi

Davlat aktivlarini boshqarish agentligida Evropa tiklanish va taraqqiyot bankining mehmonxonalar va ko`chmas mulk bo`yicha missiyasi vakillari bilan uchrashuv bo`lib o`tdi.

Agentlik direktori turistik sohadagi islohotlar, aynan shu tizimda faoliyat yuritayotganlar uchun davlatimiz tomonidan yaratilgan imtiyozlar va ijobiy siljishlar, mehmonxona biznesini rivojlantirish uchun yaratilgan shart-sharoitlar hamda davlatga tegishli bo`lgan ob`ektlar negizida mehmonxona xo`jaligini tashkil etish istiqbollari to`g`risida ma`lumot berdi.

Mazkur jarayonda Evropa tiklanish va taraqqiyot banki tomonidan xususiy sektor vakillarining yirik mehmonxona majmualarini xususiylashtirish yoki yangidan qurish bo`yicha loyihalarini moliyalashtirishda ishtirok etishi, mehmonxonada xizmat qiluvchi xodimlarning treninglar o`tkazish orqali malakasini oshirish, turizmni rivojlantirish yo`nalishlarida faoliyat yuritishi hamda ekspertlarni jalb etgan holda ichki bozor o`rganilib, yirik loyihalarni amalga oshirish mumkinligi aytildi. Bunda, to`g`ridan-to`g`ri yoki tijorat banklari orqali resurslar ajratib beriladi.

Evropa tiklanish va taraqqiyot banki salohiyatli investorlarni O`zbekistonda mehmonxona biznesini rivojlantirish uchun jalb etish bo`yicha hamkorlik qilishga tayyor ekanini bildirdi.

Шарҳлар