Му5
48

Buxoroda 62 yoshli otaxonning mashinasi uyi oldidan olib qochildi

Jamiyat 15.11.2019, 10:40
Теглар: Buxoro, mashina
176
Buxoroda 62 yoshli otaxonning mashinasi uyi oldidan olib qochildi


Buxoro shahrida “VAZ 21011” rusumli avtomashina olib qochilganidan so`ng davlat raqam belgilari echib olingan holatda Shayx ul-Olam ko`chasidan topilgan, deya ma`lum qildi IIV huzuridagi Tergov departamenti.
Aniqlanishicha, 2019 yil 13 noyabr kuni taxminan soat 10:00 da Buxoro shahar I.Mo`min ko`chasi 28-uy oldida fuqaro I.G. tomonidan qarovsiz qoldirilgan “VAZ 21011” rusumli avtomashina 28 yoshli A.Sh. tomonidan olib qochilgan.
Olib borilgan tezkor qidiruv tadbirlari natijasida ushbu avtomashina Buxoro shahar Shayx ul-Olam ko`chasida oldi va orqa davlat raqam belgilari echib olingan holatda topilgan.
Hodisa sodir bo`lgan joyni ko`zdan kechirish jarayonida avtomashinaning oldi davlat raqam belgisi Zulfiya ko`chasi yo`l yoqasidan topilib, tegishli tartibda hujjatlashtirib olingan.
Mazkur holat yuzasidan 2019 yil 13 noyabr kuni Buxoro shahar IIO FMB huzuridagi tergov bo`limi tomonidan A.Sh.ga nisbatan O`zbekiston Respublikasi Jinoyat kodeksining 267-moddasi 1-qismi (transport vositasini olib qochish) bilan jinoyat ishi qo`zg`atilib, dastlabki tergov harakatlari olib borilmoqda.

Шарҳлар

Buxoroda ketmon jinoyat quroliga aylandi

03.12.2019, 08:40

Buxoro viloyatida xo`jalik ketmonidan jinoyat quroli sifatida foydalanganlik qayd etildi. Bu haqda Buxoro viloyati IIB ma`lum qildi.Keltirilishicha, Qorako`l tumani Xo`jakon mahallasida yashovchi, 24 yoshli A.J...
Buxoroda uy ishchisi temir seyfni 15 millionsiz qoldirdi.

18.11.2019, 13:54

Qorako`l tumanida yashovchi fuqaro E.U tuman IIBga ariza bilan murojaat qilib, shu yilning 10 noyabr kuni soat 17:00 dan soat 21:00 ga qadar vaqt oralig`ida...
Bugun Qamchiq dovonida yuk mashinasi handaqqa tushib ketdi

15.11.2019, 12:00

 Bugun, 15 noyabr kuni tongida “Qamchiq” dovonining “Vodiy-Toshkent” yo`nalishida harakatlangan yuk mashinasi A-373 “Toshkent-O`sh” avtomobil yo`lining 227 km.da boshqaruvni yo`qotib, yo`l chetidagi handaqqa (kyuvetga) tushib...
60 mingdan ortiq buxorolik Moskvada vaqtinchalik mehnat qilmoqda

12.11.2019, 22:54

Hozirda Moskva viloyati va shahrida 60 mingdan ortiq buxorolik mehnat migrantlari vaqtinchalik mehnat faoliyatini amalga oshirmoqda. Bu haqda Buxoro viloyatida O`zbekiston va Rossiya Hukumatlari hamkorligida...