Му5
50

“O`zstandart”: “Halol” standarti, sog`lom raqobat muhitini yaratadi”

Jamiyat 15.11.2019, 10:51
171
“O`zstandart”: “Halol” standarti, sog`lom raqobat muhitini yaratadi”

 

“O`zstandart” agentligining tashabbusi “Halol” standartini joriy etishning ahamiyati va xalqaro savdodagi o`rni” mavzusida xalqaro o`quv seminari tashkil etildi.

Mazkur tadbirga Turk standartlari institutining xalqaro eksperti Xulya Karaarsalan taklif etili, hamda uning mavzu yuzasidan ma`ruzasi ham tinglandi.

Xalqaro seminarda O`zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi huzuridagi Din ishlari bo`yicha qo`mitasidan, «O`zbekoziqovqatxolding» XK, «O`zbekoziqovqatzaxira» va «O`zto`qimachiliksanoat» uyushmasidan bir qator mas`ul xodimlari, hamda tadbirkorlik sub`ektlarining vakillari ishtirok etdilar.

Ta`kidlanishicha, «O`zstandart» agentligi tomonidan rivojlanayotgan mamlakatlarning turistik infratuzilmasining holati va eksport imkoniyalarini yanada oshirish mexanizmi chuqur o`rganildi. Aniqroq qilib aytganda, sayyohlarning ehtiyojidan kelib chiqib, sifatli va qulay xizmatlarni ko`rsatish orqali turizm sohasini rivojlantirish uchun ayrim mamlakatlarda «Halol» standartlari bo`yicha mahsulotlarni ishlab chiqarish, shu jumladan ovqatlanish xizmatlari tizimining mavjudligi muhim ahamiyat kasb etmoqda.

Ma`lumot uchun: Halol (ya`ni - ruxsat etilgan) tushunchasi – bu «islom dinida ruxsat etilgan va yo`l qo`yilgan barcha mahsulotlar» bo`lsa, «Halol» standartlari esa – mahsulotlarni islom dini talablari bo`yicha ishlab chiqarish, saqlash, tashish, sotish va tamg`alash jarayonlariga bo`lgan talablarni belgilaydi.

«Nalal» arab atamasiga nisbatan umumiy metodik ko`rsatmalar «Kodeks Alimentarius» Komissiyasining 1997 yildagi 22 sessiyasida qabul qilingan.

Ma`lumot uchun:

«Kodeks Alimentarius» – (lotinchada - ovqat bo`yicha qonunlar yoki qonunlar to`plami) yagona shaklda bayon etilgan oziq-ovqat mahsulotlariga standartlarning xalqaro hamjamiyati tomonidan qabul qilingan to`plamni o`zida ifodalaydi.

Statistik ma`lumotlarga ko`ra, “Halal” standartini joriy etish bo`yicha Malayziya, Turkiya, BAA, Saudiya Arabistoni, Qatar, Indoneziya kabi mamlakatlar ilg`or hisoblanadi.

Bugungi kunda “Halal” belgisi ostida ishlab chiqariladigan mahsulotlarga Evropa ittifoqi, AQSh, Buyuk Britaniya, Avstraliya, Kanada, Xitoy, Hindiston, Lotin Amerikasi davlatlari, Yangi Zelandiya va Tailand kabi mamlakatlarda ham alohida e`tibor qaratilmoqda.

Shuningdek, dunyoda musulmonlarning ortib borishi (taxminan 1,8 mlrd odam, er aholisining 24 foizi) «Halol» standarti talablari asosida ishlab chiqariladigan mahsulotlarga talabning oshishini ta`minlaydi.

Ma`lumot uchun: Ekspertlarning fikricha, 2025 yilda halol mahsulotlarining ulushi dunyoda ishlab chiqarilgan mahsulotlarning kamida 20 foizini, 2030 yilga borib esa 25 foizini tashkil etadi.

Bugungi kunda, MDH mamlakatlari (Rossiya Federasiyasi, Ukraina, Qozog`iston, Qirg`iziston), Saudiya Arabistoni, Birlashgan arab amirliklari, Eron, Iordaniya, Misr, Baxrayn kabi musulmon mamlakatlariga «Halol» belgisi ostida o`z mahsulotlarini eksportga chiqarib ulgurgan.

Misol uchun: Birgina Birlashgan arab amirliklari 200 dan ortiq davlatlar bilan savdo sotiq ishlarini amalga oshiradi, bunda mahsulotlarni eksport qilish uchun “Xalol” belgisi bilan sertifikatlangan mahsulot talab etiladi.

Halol standartlari talablari asosida ishlab chiqarilgan mahsulotlar bozori hajmi 4,0 trillion AQSh dollarini tashkil etadi, shundan:

- Islom hamkorlik tashkiloti (IHT) mamlakatlariga - 20 foiz;

- Islomiy bo`lmagan mamlakatlarga (Evropa Ittifoqi, Avstraliya, Yangi Zelandiya, Braziliya va b.q.) – 80 foiz.

2018 yil oxiriga kelib halol mahsulotlari bozori hajmi taxminan 6,4 trillion AQSh dollarini tashkil etishi ko`zda tutilgan.

Misol uchun: Halol turizm - bu jadal rivojlanayotgan soha bo`lib, uning yillik hajmi 126 mlrd. AQSh dollarini tashkil qiladi, 2020 yilga kelib bu ko`rsatkich 419 mlrd. AQSh dollarga etadi.

Halol turizm industriyasi oxirgi vaqtlarda jadal sur`atlarda o`sib bormoqda va mutaxassislar tomonidan bu turizm sohasidagi yangilanish sifatida baholanmoqda.

Jahon sayyohlik tashkilotining ma`lumotlariga ko`ra, har yili 300-330 million sayyohlar dunyodagi eng muhim diniy ob`ektlarga tashrif buyurishadi.

Shu munosabat bilan tadbirni “O`zstandart” agentligi Bosh direktori A.Karimov kirish so`zi bilan ochar ekan, “Halol” standartini amaliyotga joriy etishning afzalliklari, hamda ishlab chiqarish korxonalariga, shu jumladan oziq-ovqat mahsulotlarini ishlab chiqaruvchilarga mazkur standartni qabul qilish orqali sertifikatlashtirish jarayonlarida belgilangan me`yorlarga tayanish zarurligiga e`tiborni qaratdi.

Mazkur uchrashuv o`zining dolzarbligi bilan yig`ilganlarda va Ommaviy axborot vositalari xodimlarida ham katta ta`surot qoldirdi.

Шарҳлар