Му5
50

UzAuto Motors Minskda Ravon avtomobillarining tantanali taqdimotini o`tkazdi

Jamiyat 15.11.2019, 11:03
Теглар: UzAuto Motors, avtomobil, Ravon, Belarus
200
UzAuto Motors Minskda Ravon avtomobillarining tantanali taqdimotini o`tkazdi

Minskda Ravon brendi avtomobillarining Belarus Respublikasida savdoga chiqarilishi munosabati bilan tantanali taqdimot marosimi bo`lib o`tdi. Ravon Belarus bozoriga uchta taniqli Ravon R2, Ravon R3 hamda Ravon R4 modellarini taqdim etdi.

Avval xabar qilinganidek, 25 oktyabr kuni O`zbekistondan Minskgacha to`g`ri ishlab chiqarish liniyasidan olingan Ravon R2, R3 hamda R4 avtomobillarida yirik Toshkent-Minsk yirik avtopoygasi start oldi.

Poyganing maqsadi Belorus iste`molchilar bilan do`stona aloqalarni o`rnatish va O`zbekistonda ishlab chiqarilgan avtomobillar ishonchliligini namoyish etishdan iborat edi. Poyganing 7 000 km.lik yo`nalishni o`z ichiga olib, O`zbekiston tog`lari Qozog`iston dashtlari hamda Rossiya o`rmonlarini o`z ichiga oldi. 14 noyabr kuni Minskda avtopoygaga yakun yasaldi hamda uning muvaffaqiyatli natijalari hamda Belarus bozorida Ravon brendi savdosi yo`lga qo`yilishi rasman e`lon qilindi.

UzAuto Motors Belarus Respublikasida yangi avtomobillar bozorning 10 foizini egallamoqchi.

Mamlakat iqlimini inobatga olgan holda, UzAuto Motors qo`shimcha ravishda barcha avtomobillarni korroziyaga qarshi aralashma bilan qoplaydi va zangga qarshi 10 yillik kafolat beradi.

Шарҳлар

UzAuto Motors avval foydalanilgan avtomobillar savdosini yo`lga qo`ydi

14.11.2019, 15:01

UzAuto Motors kompaniyasi Trade-in dasturi bo`yicha maxsus tekshiruvlardan o`tgan foydalanilgan avtomobillarni xarid qilishni taklif qilmoqda.Ma`lum qilinishicha, Trade-in dasturi doirasida dilerga topshirilgan har bir foydalanilgan avtomobil...
e-auksion.uz saytidagi eng arzon 10 ta avtomobil

11.11.2019, 19:44

Shaxsiy avtomobil, bu nafaqat qulaylik, balki maqom hamdir. Orzuingizdagi avtomobillarni e-auksion.uz saytida xarid qiling!www.e-auksion.uz saytida noyob (raritet) va zamonaviy xorijiy avtomobillarning yirik tanloviga duch kelasiz. Tanlang,...
UzAuto Motors Xorazmda 10 oyda 48,2 ming dona avtomobil ishlab chiqardi

08.11.2019, 15:52

UzAuto Motors AJ Xorazm viloyati filialida keng ko`lamli modernizasiya ishlari natijasida 2019 yilning 10 oyida jami 48 214 dona avtomobil ishlab chiqarishga erishdi.Oktyabr oyida xorazmlik...