Му5
48

Shifokorning xatosi bilan komaga tushgan o`zbekistonlik talaba vafot etdi

Dunyo 15.11.2019, 11:29
387
Shifokorning xatosi bilan komaga tushgan o`zbekistonlik talaba vafot etdi

Rossiya Xalqlar do`stligi universitetining (RUDN) tibbiyot fakulteti talabasi o`zbekistonlik O`lmasxon Baxronov vafot etdi. O`lmasxon galoperidol dori vositasi ukolidan keyin komaga tushganicha Moskvadagi 67-shifoxonada vafot etdi. Bu haqda Facebook’dagi O`lmasxonning amakisi Farruxxon Shukurlaev o`z sahifasida ma`lum qilgan.

22 yoshli O`lmasxon 13 noyabrda soat 20:45da vafot etgan. Uning janozasi bugun, 15 noyabrda Samarqand viloyatining Samarqand tumani “Quyi Chordara” mahallasida bobosining uyida bo`lib o`tadi.

O`lmasxon Baxronov noto`g`ri belgilangan dori vositasi sababli komaga tushgan. Yigit onasining ta`kidlashicha, shifokor O`lmasxonni giyohvand modda qabul qilishda gumon qilib, unga galoperidol buyurgan. Vosita kiritilgandan keyin O`lmasxonning yuragi to`xtab qolgan.

Yigitning yuragini ishga tushirishga muvaffaq bo`lingan, biroq bu orada uning miyasiga shikast etgan va u 67-shifoxonaning jonlantirish bo`limiga yotqizilgan. Yigitning yaqinlari bu holat yuzasidan tekshiruv o`tkazish talabi bilan Rossiya va O`zbekiston sog`liqni saqlash vazirliklari va bosh prokuraturalariga murojaat qilishgan.

Шарҳлар