Му5
48

O`zbekiston dengizga chiqmoqchi

Dunyo 15.11.2019, 12:31
311
O`zbekiston dengizga chiqmoqchi

Ashxabodda Eron, Ummon, Turkmaniston va O`zbekiston o`rtasida xalqaro transport va tranzit yo`lagini yaratish bo`yicha ishchi komissiyaning ikkinchi yig`ilishi bo`lib o`tmoqda. Bu haqda Turkmaniston Tashqi ishlar vazirligi matbuot xizmati xabar berdi.

Uchrashuv davomida mutaxassislar ilgari erishilgan kelishuvlarning bajarilishi, transport yo`lagi marshruti variantlari, o`tkazish punktlarida harakatlarni muvofiqlashtirish va bojxona tartib-qoidalarini soddalashtirish imkoniyatlarini muhokama qilishdi, shuningdek, ishtirok etayotgan har bir mamlakatning qonunchiligi bo`yicha ma`lumot almashishdi.

Muzokarachilar Ashxobod kelishuviga a`zo davlatlar logistika markazlarining samaradorligi va rolini oshirish zarurligini ta`kidladilar, shuningdek, Turkmaniston, O`zbekiston, Eron va Ummonning logistika markazlari o`rtasida hamkorlik shartnomalarini tuzish zarurligiga kelishib oldilar.

Шарҳлар