Му5
48

Eron aviakompaniyasi samolyotlari dekabr oyidan Toshkentga parvoz qila boshlaydi

Dunyo 15.11.2019, 19:21
Теглар: O`zbekiston, Eron
200
Eron aviakompaniyasi samolyotlari dekabr oyidan Toshkentga parvoz qila boshlaydi

Eron Islom Respublikasi va O`zbekiston Respublikasi o`rtasidagi hukumatlararo kelishuvga muvofiq joriy yilning dekabr oyidan “Zagros Airlines” aviakompaniyasi “Tehron-Toshkent-Tehron” yo`nalishida muntazam qatnovlarni amalga oshirishni boshlaydi.

Dastlabki bosqichda aviakompaniya haftasiga 1 marta parvozlarni amalga oshirishni rejalashtirmoqda. Keyinchalik esa parvozlar chastotasi haftasiga 2 martaga etkaziladi. 

Transport vazirligi huzuridagi “O`zaviasiya” agentligi tomonidan Eron aviakompaniyasiga “Tehron-Toshkent-Tehron” yo`nalishida reyslarni amalga oshirish uchun ekspluatasiya ruxsatnomasi berilgan.

“Zagros Airlines” aviakompaniyasi O`zbekistonga parvozlarni Airbus A-320, McDonnell Duglas MD-82 va MD-83 samolyotlarida amalga oshirish ma`lum qilgan.

Шарҳлар