Му5
50

Ot sporti bo`yicha xalqaro musobaqada Milliy gvardiya chavandozlari g`olib bo`ldi

Sport 15.11.2019, 19:30
Теглар: Milliy gvardiya, ot sporti,
345
Ot sporti bo`yicha xalqaro musobaqada Milliy gvardiya chavandozlari g`olib bo`ldi

Ispaniyaning Valensiya shahrida ot sportining “konkur” yo`nalishi bo`yicha navbatdagi xalqaro musobaqa davom etmoqda.

Mazkur nufuzli bellashuvning dastlabki kunida Osiyo va Evropaning etakchi chavandozlari o`rtasida kechgan bahslar O`zbekiston Respublikasi Milliy gvardiyasining ot sporti bo`yicha Respublika oliy sport mahorat maktabi chavandozlari uchun muvaffaqiyatli yakunlandi.

Bir nechta yo`nalishda bo`lib o`tayotgan musobaqaning balandligi 1 metr 40 santimetr bo`lgan to`siqlardan o`tish bellashuvida mahoratli yosh chavandoz S.Turg`unboev, 1 metr 20 santimetr balandlikdagi to`siqlarda kechgan bahslarida esa tajribali chavandoz A.Tolliboev eng yaxshi natijani qayd etib, xalqaro musobaqaning oltin medaliga sazovor bo`ldi.

Sportchilarimizning mazkur yutug`i natijasida Valensiya shahrida O`zbekiston Respublikasi Davlat madhiyasi ikki marotaba yangrab, davlatimiz bayrog`i ko`tarildi.

Musobaqalar joriy yilning 17 noyabr kuniga qadar davom etadi.

Шарҳлар

Milliy Gvardiyaning Harbiy-musiqa akademik liseyi ochiladi

09.11.2019, 23:46

O`zbekiston Respublikasi Milliy gvardiyasi Harbiy-musiqa akademik liseyini tashkil etish to`g`risida O`zbekiston Respublikasi Prezidentining qarori muhokamaga qo`yildi.Hujjatga ko`ra, Milliy gvardiyaning Respublika ixtisoslashtirilgan musiqa akademik liseyi negizida...
O`zini Sirdaryoga tashlamoqchi bo`lgan qiz “qutqarib qolinmagan”

01.11.2019, 13:46

Qizning niyati  o`zini suvga tashlash bo`lmagan.Ijtimoiy tarmoqlarda "O`zini Sirdaryoga tashlamoqchi bo`lgan qiz qutqarib qolindi"  sarlavhasi ostida yoritilgan xabar To`raqo`rg`on tuman  xalq ta`limi bo`limi tomonidan batafsil...
Milliy gvardiya xodimining qonuniy talabini bajarmaslik va bo`ysunmaslik uchun jazo belgilandi

31.10.2019, 15:49

Shavkat Mirziyoev 29 oktyabr kuni "O`zbekiston Respublikasi Milliy gvardiyasi organlari faoliyati takomillashtirilishi munosabati bilan O`zbekiston Respublikasining ayrim qonun hujjatlariga o`zgartish va qo`shimchalar kiritish to`g`risida"gi Qonunga imzo...