Му5
50

Qarshi shahar hokimi o`zi buzdirgan maktab devorini qayta qurdirdi

Jamiyat 15.11.2019, 21:06
444
Qarshi shahar hokimi o`zi buzdirgan maktab devorini qayta qurdirdi

Internet nashrlarida “Bizga faqat buzish buyurilgandi”. Qarshi shahar hokimi buzdirgan maktab devorini quradigan odam topilmayapti” sarlavhali maqola chop etilgan edi.  Unda Qarshi shahri markazidagi 14-maktab devori bir qismi buzib olinib, ancha paytdan buyon qayta qurilmayotgani haqida so`z yuritilgan.  

"Ushbu masala Qarshi shahar hokimligi tomonidan e`tiborga olinib, uni hal etish chorasi ko`rildi.  Devorni ko`tarish ishlari deyarli tugallanish arafasida turibdi.  Mutaxassislarning bildirishicha, devor uchun 50 ga 80 qilib yangi poydevor quyilgan, poydevorning mustahkam bo`lishiga alohida ahamiyat berilgan. Devorning balandligi 2,5 metrga etkazilgan.  Yana bir necha kunda suvoq ishlari bajarilsa, devor qurilishi butkul yakuniga etkaziladi", deyiladi xabarda.    

 

Шарҳлар