Му5
48

Dueyn Jonson yana "o`ldi"

Dunyo 16.11.2019, 10:40
307
Dueyn Jonson yana "o`ldi"

Onlayn-trollar taniqli Gollivud aktyor, "Qoya" laqabli Dueyn Jonsonnning yana halok bo`lgani haqida feyk ya`ni yolg`on xabarlar tarqatdi. Ushbu xabarlardan keyin tarmoqdagi ko`plab foydalanuvchilar "marhum"ning oila a`zolari va muxlislariga hamdardlik bildirdi, deb yozgan "RIA Novosti".

Axborot go`yoki BBC News telekanalidan tarqalgan: "Dueyn «Qoya» Jonson 47 yoshida tryukni amalga oshiraman deb halok bo`ldi" mazmunidagi qalbaki skrinshotlar ijtomoiy tarmoqlarda tarqalib ketgan.

Xabar xavolasiga o`tgan foydalanuvchilar qalbaki sayt manziliga kirib qolmoqda. Britaniya telekanalining rasmiy saytida bunday xabar yo`q.

Shunga qaramay, aktyorning ko`plab muxlislari ijtimoiy tarmoqlardagi ushbu xabarlarga ishonib, ularni muhokama qilishga kirishib ketgan.

"Qoya" Jonsonninng o`zi ushbu ma`lumotlarga hali rasmiy izoh bermagan.

Aktyor Internet tarmog`ida ilk bora "o`ldirilayotgani" yo`q, u 2011- va 2014 yillarda ham halok bo`lgan va muxlislarga: "Mening o`limim haqidagi mish-mishlar – yolg`on", - deya murojaat yo`llagan.

21 avgustda Forbes jurnali dunyoning eng ko`p gonorar oluvchi aktyorlari yangilangan reytingini e`lon qilgan. Nashr talqiniga ko`ra Dueyn "Qoya" Jonson 2019 yilning eng boy aktyori deb topilgan. Jahon premerasi dekabrda bo`lib o`tadigan "Jumanji. Yangi daraja" filmi unga katta daromad olib kelgan.

Шарҳлар