Му5
50

Shohjahon Ergashevning navbatdagi jang sanasi va raqibi ma`lum bo`ldi

Sport 16.11.2019, 12:44
339
Shohjahon Ergashevning navbatdagi jang sanasi va raqibi ma`lum bo`ldi

Professional boksning super engil (-63,5 kg) vazn toifasida ringga chiqayotgan Shohjahon Ergashev (17-0, 15 KO) 2020 yilning boshida o`zining navbatdagi jangini o`tkazadi. Bu haqda GoSport xabar bermoqda.

Ma`lum bo`lishicha, o`zbekistonlik bokschi 2020 yilning 10 yanvar kuni amerikalik Kit Hanterga (11-0, 7 KO) qarshi ringga chiqadi. Jang Nyu-Jersi shtati markazi Atlantik Siti shahrida bo`lib o`tadi. 12 raunddan iborat jang g`olibi ayni vaqtda Mario Barrios (25-0, 16 KO) egalik qilayotgan WBA’ning WBA Regular chempionlik kamari uchun rasmiy da`vogarga aylanadi.

Ma`lumot uchun, Kit Hanter faoliyati davomida 11 ta jang o`tkazgan bo`lib, 10-jangida u o`zbekistonlik boshqa bir bokschi Sanjar Rahmonovga (12-2-1, 6 KO) qarshi ringga chiqib, hakamlar qarori evaziga g`olib chiqqandi.
 

Шарҳлар