Му5
48

Microsoft kompaniyasi asoschisi yana sayyoraning eng boy odami bo`ldi

Dunyo 16.11.2019, 15:50
240
Microsoft kompaniyasi asoschisi yana sayyoraning eng boy odami bo`ldi

Bloomberg nashriga ko`ra, Microsoft kompaniyasi asoschisi Bill Geyts yana sayyoraning 1 raqamli milliarderi bo`ldi. 

Agentlik ma`lumotlariga ko`ra, Geytsning boyligi 110 mlrd. dollarni tashkil qiladi. Ikkinchi o`ringa tushib qolgan Jef Bezosniki esa qariyb 109 mlrd. dollar.

Ikki yil oldin Amazon rahbari Jef Bezos sayyoramiz milliarderlari reytingida Geytsni ikkinchi o`ringa tushirib qoldirgan edi.

Uchinchi o`rinda Evropaning eng boy odami, LVMH korporasiyasi rahbari Bernar Arno turibdi. Uning boyligi tahminan 103 milliard dollar.

Ma`lumotlarga ko`ra, AQSh Mudofaa vazirligi Geytsning korporasiyasi bilan qiymati 10 milliard dollar bo`lgan 10 yillik shartnoma imzolaganidan keyin u yana birinchi o`ringa ko`tarilib olgan.


 

Шарҳлар