Му5
50

O`quvchiga qo`l ko`targan trenerning videosi ijtimoiy tarmoqlarga tarqab ketgach ishdan bo`shatildi

Sport 16.11.2019, 17:30
374
O`quvchiga qo`l ko`targan trenerning videosi ijtimoiy tarmoqlarga tarqab ketgach ishdan bo`shatildi

Keyingi paytlarda ijtimoiy tarmoqlar orqali joriy yil 23-sentyabr kuni kurash bo`yicha trener Abbos Hasanovning 21-sentyabr kungi mashg`ulotlarga sababsiz kelmagan o`quvchilar bilan tushuntirish ishlari olib borgan video tarqalib ketdi. Unda A.Hasanov ushbu jarayonda shogirdlariga qo`pol so`zlar aytib, ularga nisbatan kuch ishlatgan hamda pedagogika etikasiga to`g`ri kelmaydigan xatti-harakatlarni sodir etganligi aks etgan.

Jismoniy tarbiya va sport vazirligining bergan ma`lumotiga ko`ra, mazkur holat yuzasidan 2019-yilning 11-oktyabrida Termiz ixtisoslashtirilgan olimpiya zaxiralari maktab-internatida yig`ilish o`tkazilgan. Unda trener A.Hasanovning o`quvchilarga nisbatan qo`pol muomalada bo`lganligi hamda kuch ishlatganligi muhokama qilingan. Maktab-internat jamoasi ishtirokida 2019-yil 9-sentyabr kuni o`tkazilgan yig`ilishda barcha trener va yo`riqchi-uslubchilarga o`quvchilar bilan qo`pol muomalada bo`lmaslik bo`yicha aniq ko`rsatmalar berilgan. Shunga qaramay kurash bo`yicha trener Abbos Hasanov 23-sentyabr kuni 2-17-guruh o`quvchisi Mahmadulla Mustafoevni qo`pol so`zlar bilan haqorat qilib, unga nisbatan kuch ishlatgan.

A.Hasanovga pedagoglarga xos bo`lmagan xatti-harakatlarni sodir etganligi uchun  Mehnat kodeksining 181-moddasi 1-bandiga asosan Abbos Hasanovga nisbatan “hayfsan” intizomiy jazo chorasi berilgan.

Biroq, mazkur holat muhrlangan video ijtimoiy tarmoqlarda tarqalib ketganidan keyin Surxondaryo viloyat jismoniy tarbiya va sport boshqarmasi tomonidan sodir bo`lgan holat atroflicha o`rganib chiqildi. Termiz ixtisoslashtirilgan olimpiya zaxiralari maktab-internati direktorining buyrug`iga asosan 2019-yil 14-noyabrdan e`tiboran trener A.Hasanov bilan tuzilgan mehnat shartnomasi bekor qilindi.

 

Шарҳлар